eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident 2020-yil nomini e’lon qildi
    24.01.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.

    Unda prezident 2020-yil nomini e’lon qildi.

    «Yangi saylangan deputatlar bo‘ldi, endi saylandim, yuklarim suvdan o‘tdi, desa bo‘lmaydi. Biz ilm sohasida, oliy ta’lim sohasida qilgan xatolarimizni to‘g‘rilashimiz kerak. Sharq donishmandlari aytganidek, eng katta boylik bilim, eng katta qashshoqlik bilimsizlik. Taraqqiyotga erishi uchun raqamli ilm va boshqa zamonaviy bilimlarni egallashi kerak. Rost-ro‘y aytishimiz kerak, ko‘pgina korxona va tashkilotlar, vazirliklar rahbarlari raqamli texnologiyalardan juda yiroq. Bunday rahbarlarning kelajagi yo‘q, ular vaqtincha o‘tiribdi. Raqamli texnologiyalarni o‘rganib, rivojlantirmasak, taraqqiyot bo‘lmaydi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish keyingi besh yildagi eng ustivor vazifalardan biri bo‘ladi. Bu bizni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri korrupsiyaga qarshi ham kurashdir.

    Shu sababli 2020-yilni — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deya nomlashni taklif etaman», dedi prezident.