Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK dunyo bo‘ylab mashhur Internet xizmatlarini mahalliylashtirish haqida ma’lum qiladi.
    04.03.2020

    UZTELECOM – raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratuvchi va mamlakatdagi barcha Internet foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratuvchi milliy operatordir.

    Kompaniyaning ma’lumotlarni qayta ishlash bulutli markazi negizida Internet xizmatlarini taqdim etadigan dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda
    IT-gigantlarining server uskunalari va ko‘plab xizmatlari mahalliylashtirildi.

    Bu butun O‘zbekiston uchun muhim bir voqeadir. Yirik internet xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliylashtirish Internet foydalanuvchilari ushbu xizmatlar tomonidan taqdim etiladigan audio va video kontentlarni, dasturiy ta’minot va boshqa kontentlarni yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

    Loyihani amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

    • barcha yirik internet xizmatlarining ishini tezlashtirish va ushbu xizmatlarning har qanday so'roviga tezroq javob berish;

    • kontentni yuklab olish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va bu orqali foydalanish samaradorligi oshirish.

    Хizmatlarning mahalliylashtirilishi tufayli barcha Internet foydalanuvchilari ma’lumotlarni tezroq olish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Ping” ko‘rsatkichi kamroq bo‘ladi, ya’ni xizmatlarga bo‘lgan har qanday so‘rovga javob/ma’lumotlar olish transmilliy tarmoq orqali amalga oshiriladi va bunda foydalanuvchining so‘roviga javob olish vaqtini qisqartiradi.

    O‘zbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi xalqaro Internet kanalini sezilarli darajada yengillashtirishi ham muhim omillardan biridir. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlariga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.

    Shu munosabat bilan respublikaning operatorlari va provayderlari uchun CDN serverlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan UZ-IX tarmog‘ining piring tarmog‘i xizmatlari uchun maxsus tariflar ishlab chiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar o‘z abonentlariga mahalliylashtirilgan Internet xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro Internet-kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, ya’ni 2-3 baravar past va bu piring tarmog‘iga ulangan respublika operator va provayderlar uchun o’z abonentlariga jahon darajasidagi eng yaxshi xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

    “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aholi, biznes, davlat idoralari, shuningdek O‘zbekistonning operatorlari va provayderlari uchun rivojlangan raqamli operatorga aylanishga harakat qilmoqda. Kompaniya oldida turgan asosiy vazifa – keng doirada qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy raqamli infratuzilmani taqdim etishdir. “O‘zbektelekom” AK mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamli transformatsiyasi uchun qulay vosita va ishonchli poydevor hisoblanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati