Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Sog'liqni saqlash obyektlarida videokonferens aloqalarni tashkil etmoqda
    07.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, «O‘zbektelekom» AK bugungi kunda mamlakatimizda karantin tartibidagi obyektlarda, jumladan, yangi barpo etilayotgan shifoxonalar hududlarida telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Qisqa vaqt ichida respublikamiz bo‘ylab 87 ta Sog’liqni saqlash vazirligi obyektlari hududida videokonferens aloqa xizmatini tashkil etdi.

    Shu bilan birga  Vazirlik tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta‘minlashi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda.

    Manba: Axborot xizmati