Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mudofaa vazirligi xarbiy hizmatchilari uchun ishonchli aloqa kanallari tashkil etildi
    07.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. ​Bu borada karantin sharoitida aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab yanada oshib bormoqda va ushbu talab hayotiy zaruratga aylanmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi (COVID-19)ga qarshi keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda. Karantin sharoitida aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab yanada oshib bormoqda va ushbu talab hayotiy zaruratga aylanmoqda.

    Xususan, “O‘zbektelekom” AK Mudofaa vazirligi xarbiy hizmatchilari uchun karantin davrida ishonchli aloqa kanallarini tashkil etmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab karantinga joylashtirilgan 87 ta obyekt o’rtasida VPN xizmatlarini taqdim etilishi yo’lga qo’yildi.

    Ishonchli aloqa kanallari xarbiy hizmatchilarga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha butun mamlakatimiz aholisi manfaatlari yo‘lida birgalikdagi ishlarni muvofiqlashtirishga imkon beradi.

    Manba: Axborot xizmati