Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2017 yilgi o‘sish sur’atlarida AKT sohasi peshqadam
    09.02.2018

    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bugungi kunda jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarmoqlarini yuksaltiruvchi, harakatga boshlovchi kuchga aylangan mazkur yo‘nalish barcha sohalarning iqtisodiy jarayonlarini sezirlari darajada o‘zgartirib, yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Shuningdek, axborot texnologiyalarining rivoji — insonning aqliy mehnati, ilm va tafakkurining mevasi bo‘lgan axborot hamda mahsulotlarga asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotning tashkil topishi uchun ham zamin yaratmoqda.

    Bunga AKT sohasining mamlakatimizdagi o‘sish sur’atlari misolida ham guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, 2017 yilda aloqa va axborotlashtirish sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 7,9 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shundan 232,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar dasturiy ta’minot mahsulotlariga doir xizmatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

    2016 yil bilan solishtirib ko‘rilganda, yangi texnologiyalarni joriy qilish va xizmatlar sonining oshirilishi, xizmat ko‘rsatish hududlari hamda doirasining kengaytirilishi hisobiga sohada xizmat ko‘rsatish hajmi 124,0 % (solishtirma narxlarda 115,6 %) ga oshgan.

    Ayni paytda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish sohalaridagi o‘sish sur’atni ortda qoldirmoqda. Jumladan, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) da xizmatlar sohasi ulushi 47,3 foizni tashkil qilgan.

    2017 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar hajmi 116795,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, 8,9 foizga o‘sdi. Yuqori o‘sish sur’atlarini tovarlarni kredit kartalari orqali to‘lovlar, internet orqali savdolar kabi yangi xizmat turlarini paydo bo‘lishi, yangi savdo markazlari, ovqatlanish majmualari, mexmonxonalarning ishga tushishi, ta’lim va ko‘ngilochar xizmatlarining kengayishi bilan izohlash mumkin.

    Shuningdek, qayd etish joizki, O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda 2017 yilning sentyabrida xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilishiga qaramasdan, aloqa xizmatlari tariflarida narxlarning o‘sishi kuzatilmadi.

    Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishda asosiy ulush (87,3%) telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa, Internet tarmog‘i, teleradiouzatish va boshqalar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

    2017 yilda AKT sohasiga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 1,891 trln. so‘mni (o‘sish sur’ati 168,7 %), jumladan xorijiy investitsiyalar ulushi 1,557 trln. so‘m (o‘sish sur’ati 2,2 barobar)ni tashkil qilgan.

    Hozirda AKT sohasining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilmoqda.

    Manba: www.stat.uz