Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
    12.03.2018

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2017 yildagi faoliyat yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan o'tgan yilda amalga oshirilgan faoliyat yakunlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

    Kengash tomonidan radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota polosalarini ajratish, respublika hududida radioqurilmalardan foydalanish imkoniyatini aniqlash, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning xalaqitlarsiz ishlashini ta’minlash haqidagi talabnomalari bo‘yicha, radiochastota biriktirishlarini xorijiy, shu jumladan chegaradosh davlatlar bilan muvofiqlashtirish, respublikaning radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, 2019 yilgi Radioaloqa assambleyasi va Butunjahon radioaloqa konferensiyasining ishi, ularda respublika delegatsiyasining ishtiroki yakunlarini ko‘rib chiqish, 2019 yilda o‘tkaziladigan shu anjumanlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ishlar olib borildi.

    Hisobot davrida "O'zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o'tish bo'yicha davlat dasturi" asosida 2017 yilda yurtimizning borish qiyin bo'lgan hamda kam sonli aholi istiqomat qiluvchi hududlarda bo'ylab kam quvvatli televizion raqamli uzatkichlar o'rnatishning II bosqichi amalga oshirilgan. 

    Shuningdek, Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining "Raqamli teleuzatishga o'tish va yer usti analog teleuzatishni to'xtatish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, O'zbekistonda 2018 yilning 15 yanvaridan boshlab analog televizion uzatish tizimi hududlarda bosqichma-bosqich tugatilmoqda.

    Yig'ilishda 900/1800 MGs diapazonlaridagi radiochastota polosalarini qayta taqsimlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.  Radiochastotalar bo'yicha Respublika kengashi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota resurslaridan unumli foydalanilishini ta'minlash maqsadida, "900 / 1800 MGs diapazonlarida radiochastota polosalarini qayta taqsimlash to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi.

    Mazkur qaror operatorlarga radiochastota spektrlaridan foydalanish bo'yicha teng raqobat sharoitini yaratib berish, LTE texnologiyasini tezkor rivojlantirish uchun ularning radiochastotalardan qulay va samarali foydalanishlarini ta'minlash, mamlakatda mobil aloqa xizmati sifatini oshirishga zamin yaratadi.

    Yig‘ilishda radiochastota organlarining hisobot davridagi ishi muhokama qilindi. Muhokamani inobatga olgan holda, shu jumladan radiochastotalarni ajratish va radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan respublika hududida foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maksimal darajada foydalangan holda davom ettirish vazifasi topshirildi.

    Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to'g'risida"gi qaroridan kelib chiqib, Kengashning 2018 yildagi vazifa hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ish rejasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

    Kengash yig‘ilishida shuningdek respublikaning radiochastota spektridan samarali va oqilona foydalanishga doir boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish natijalariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati