Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • DigiGirlz: O‘zbekistonda ayollar raqamli jamiyatini kengaytirish uchun sarmoya
    11.04.2018

    2018 yilning 10 aprel kuni vazirlik ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Microsoft” kompaniyasi O‘zbekistonda qizlarning IT-salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb qilishga qaratilgan “DigiGirlz” ta’lim dasturi tashkil qilindi.

    Tadbirda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar qizlar ishtirok etdilar. Loyiha yosh qizlarga texnologiya sohasi va yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini berdi.

    DigiGirlz dasturining birinchi yarmida Microsoft kompaniyasining ta’limiy yondashuvlar bo‘yicha mutaxassisi Teodora Varbanova xotin-qizlarning axborot texnologiyalari rivojidagi o‘rni xususida so‘zlab berdi.

    Dasturning ikkinchi qismida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kichik yoshdagilar Flappy Bird o‘yini boshqarish uchun sensor ishlab chiqishdi. Qizlar devayslarni tayyorlashda karton, sim, Adruino komplekti va boshqa materiallardan foydalanishdi hamda dasturlashga doir bilimlarini ishga solishdi.

    Ta’limiy dastur yakunlariga ko‘ra barcha qatnashchilar guvohnomlarni qo‘lga kiritdilar. Eng faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi.

    Manba: Axborot xizmati