Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik jamoasiga grafik dizayner ishga taklif qilinadi!
    14.06.2018

    Vazirlikning reklama materiallari, poligrafiya hamda tekstil mahsulotlari, suvenir vositalarining dizaynini tayyorlash, fotosuratlarni qayta ishlash, muayyan loyihalar bo‘yicha fotomateriallarni saralash, ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan postlar uchun zarur dizayn vositalarni tayyorlash va shu yo'nalishda boshqa vazifalar uchun munosib nomzodlarni ishga taklif qilamiz.

    Majburiyatlari:

    • Vazirlikning reklama materiallari, poligrafiya hamda tekstil mahsulotlari, suvenir vositalarining dizaynini tayyorlash;

    • fotosuratlarni qayta ishlash, muayyan loyihalar bo‘yicha fotomateriallarni saralash;

    • ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan postlar uchun zarur dizayn vositalarni tayyorlash;

    • animatsiya, GIF va boshqa formatdagi media mahsulotlarni tayyorlash;

    • fayllarni nashrga tayyorlash.

    Ish jarayonida talab etiladigan ko‘nikmalar:

    • dizayn asoslarini bilish: rassomlik san’ati va surat bilan ishlash sirlarini bilish, rang va kompozitsiya bilan ishlashni bilish;

    • grafik dizayn sohasida maxsus bilimga ega bo‘lish: grafikaning tur va janrlaridan xabardor bo‘lish, grafika texnikasini bilish, shriftlar bilan ishlay olish, tipografika, grafik dizaynda fotografiya hamda illyustratsiya bilan ishlashni bilish;

    • grafik dizayn uchun zarur dasturlarda (Photoshop, Illustrator‚ CorelDraw va boshqalar) ishlay olish;

    • tillarni bilish: rus va o‘zbek;

    • 3D-modellashtirish dasturlarini bilish.

    O‘z navbatida, munosib nomzodning ahil jamoa, qulay ish muhiti hamda munosib maoshga ega bo‘lishi kafolatlanadi.

    Hurmatli o‘quvchilar! O‘zingiz munosib deb topgan hamda ushbu bo‘sh ish o‘rniga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni, do‘stlaringiz va tanishlaringizni tavsiya qiling! Postni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish ham olqishlanadi!

    Nomzodning ma’lumotnomasini yuborish uchun elektron manzil: pr@mitc.uz

    Ma’lumot uchun telefon: +998 71 2384355.

    Manba: Axborot xizmati