Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi tashrif buyurdi
    24.07.2018

    2018 yilning 23 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi hamda o‘rinbosari – Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari Oleg Shutenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda har ikki tomon "xavfsiz shahar", "aqlli shahar" kabi bugungi dolzarb konsepsiyalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, Moskva shahrida zamonaviy vositalarni joriy qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyot va tajribalar qayd etildi. Xususan, rossiyalik ekspertlar aholi bilan elektron aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan onlayn xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, "aqlli transport tizimi" va boshqa loyihalar xususida to‘xtaldilar. 

    O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni mamlakat shaharlarining xavfsiligini ta’minlash yuzasidan qilinayotgan loyihalarni haqida ma’lumot berdilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar istiqbolda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati