Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindiston bilan AKT sohasida hamkorlik kuchaytiriladi
    10.08.2018

    Shu yilning 5-9 avgust kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lishdi. Bu yerda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlangan edi.

    Tashrif doirasida Dehli shahridagi Hindiston texnologiyalar instituti va Dehli texnologiyalar universiteti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Hindiston ta’lim muassasalari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida talabalar almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek davlat grantlari asosida o‘zbekistonlik talabalarning o‘qishiga joy ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi.

    kompyuter va tizimlari muhandislik, ma’lumotlarni qayta ishlash va dasturlash fanlar bo‘yicha texnik oliy o‘quv yurtlari va hukumat vakillari va mutaxassislar, talabalar tayyorlash qismida,

    Javoharla’l Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston o‘quv markazi faoliyatini takomillashtirish masalasi bo‘yicha Yetakchi hisoblash markazi bilan hamkorlik rivojlanmoqda. Unga ko‘ra, texnik universitet talabalari va davlat xizmatchilari hamda mutaxassislariga kompyuter va tizim injiniringi, ma’lumotlar almashish va dasturlashtirish fanlari bo‘yicha ta’lim berish ko‘zda tutilmoqda.

    Shuningdek, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Hindiston axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida elektron hukumatning qator yo‘nalishlari: elektron tibbiyot, elektron ta’lim, elektron parlament, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar bo‘yicha davlat xizmatchilarini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

    Manba: Axborot xizmati