Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda Amiti Universiteti tashkil etiladi
    09.01.2019

    Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida Amiti universiteti (Hindiston)ning filiali ochiladi. Bu haqda tegishli qaror 7 yanvarda qabul qilindi.

    Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

    Amiti universiteti – Hindistonda yetakchi xususiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Taʼlim muassasasining bosh korpusi Noida shahrida joylashgan boʻlib, uning 11 ta shaharda (Moʻmbay, Jaypur, Kolkata va boshqalar) kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

    Toshkent shahrida ushbu oliy taʼlim muassasasini ochish boʻyicha kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati