Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda AQShning Webster universiteti “biznes boshqaruvi (MBA)” magistratura yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish boshlandi
    06.02.2019

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.

    Oʻquv dasturi davomiyligi – 18 oy, 3 semestr.

    Taʼlim Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Webster universiteti professorlari va mahalliy professor-oʻqituvchilar tomonidan (ingliz tilida) universitetlar o'rtasida imzolagan kelishuvga asosan olib boriladi.

    Webster universiteti MBA dasturi “AQSHning biznes-maktablar va dasturlar akkreditatsiya Kengashi”ning akkreditatsiyasidan oʻtgan boʻlib, uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ham maqullangan. Taʼlimni muvafaqqiyatli tamomlagan talabalar “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha Webster universiteti MBA magistri diplomini qoʻlga kiritadilar.

    Oʻquv toʻlov-kontrakt qiymati bir semestr uchun 3000 AQSH doll. Taʼlim uchun umumiy toʻlov qiymati 9000 AQSH doll. Toʻlov Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻmda amalga oshiriladi (AQSH dollarining soʻmga nisbatan qiymati, Markaziy bank tomonidan toʻlov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi). Darsliklar va taʼlim jarayoni uchun zarur oʻquv materiallari uchun toʻlovlar qoʻshimcha tarzda amalga oshiriladi.

    Oʻquv dasturi 2019-yilning martidan boshlanadi. Talabalar oʻqish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tizim tashkilotlarida amaliyot oʻtaydilar. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi. IELTS boʻyicha talab 6.0 va undan yuqori.

    Shuningdek, taʼlim olish xohishini bildirganlar bakalavr bosqichini tamomlagan boʻlishlari, hamda iqtisodiyot, biznes va menejment fanlari boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlishlari talab etiladi.

    Arizalar topshirishning soʻnggi muddati: 20.02.2019 y.

    Maʼlumot uchun telefonlar: +998-71-235-09-00,+998-97-711-40-22

    E-mail: k.nargiza@tuit.uz

    Manzil: Toshkent sh., 100200, Amir Temur Shoh koʻchasi, 108-uy.

    Manba: Axborot xizmati