Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TIU uzluksiz taʼlim tayyorlov kurslari filialini ochdi
    18.02.2019

    17 fevral kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “High profile education” taʼlim markazi negizida Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz taʼlim tayyorlov kurslari filialining tantanali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi.

    Marosimda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Uchtepa tuman hokimi Shuxrat Otamuxamedov ishtirok etdi.

    TIU “High profile education” taʼlim markazi negizida oʻzining akademik dasturlari asosida birgalikda matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslarini tashkil etadi.

    Tinglovchilarni oʻqitish uchun taʼlim markaziga Inha universitetining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari jalb etiladi. Bu xorijiy tilni yaxshi biluvchilar bilan oʻrganishga sharoit va imkoniyat yaratadi.

    “High profile education” markazi tayyorlov kurslarining tinglovchilari universitet qoshidagi uzluksiz taʼlim tayyorlov kurslari tinglovchilari kabi Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishda teng imkoniyatlarga va imtiyozlarga ega boʻladi.

    Ushbu filialning ochilishi yoshlarni taʼlimga jalb etish hamda ularning bilimga boʻlgan qiziqishini oshirish, koʻproq tumanlarni qamrab olish va sifatli kadrlarni tayyorlashga kuchli turtki beradi.

    Manba: Axborot xizmati