Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZMOBILE GSM tarmog‘ining 4 yilligi: tariflarning kengayishi, tezlashishi va ulkan yangilanishlar
    18.04.2019

    18-aprel kuni Toshkentda «Ground Zero Kitob Olami» kovorking markazida UZMOBILE – O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatori GSM standarti tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirilishining 4 yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Matbuot anjumanida UZMOBILE GSM tarmog‘ining to‘rt yil mobaynidagi rivojlanishi haqida to‘liq ma’lumot berildi, tarmoq rivoji va butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirilishi to‘g‘risida ham so‘zlab berildi, shuningdek, operatorning 2019-yil rejalari taqdim etildi. «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Abdudjaparovich Zufarov matbuot anjumanini ochib, UZMOBILE GSM tarmog‘i joriy rivojlanish hodimlarini uchta mezon bilan tavsifladi: barcha mintaqalarda doimiy kengaytirish, mobil internetni tezlashtirish va tariflardagi ulkan yangilanishlar.

    Matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filialining tarixi haqida so‘z yuritildi, 2004-yildan boshlab, O‘zbekistonning yetib borish qiyin bo‘lgan chekka hududlariga simsiz aloqani ta’minlash uchun CDMA-450 standartida tarmoq qurilgandi. 2014-yilda Hukumat qaroriga muvofiq filial O‘zbekiston Milliy aloqa operatori deb e’lon qilindi va uning oldiga bir qator davlat vazifalari qo‘yildi.

    Hozirgi kunda UZMOBILE CDMA tarmog‘ida 160 mingdan ortiq faol abonentlarga va UZMOBILE GSM tarmog‘ida esa 3 milliondan ortiq faol abonentlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

    Hozirgi vaqtda UZMOBILE tashqi kanali 30 Gbit/s. gacha kengaytirildi, bu esa abonentlarga yanada yuqori tezlikdagi va arzon mobil internet tariflarini taqdim etish imkonini beradi.

    Matbuot anjumanida, bugungi kunda filialda internet — paketlar yangi tarif rejalarining faol joriy qilinayotgani va bozorda eng arzon va foydali narxlarda taqdim etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi. 1 MB narxi ikki marta tushirildi, paketlar hajmi esa 75 000 MB gacha oshirildi.

    «UZMOBILE» SB mobil aloqa abonentlari uchun 30 kunlik amal qilish muddati, 500 dan 75 000 Megabaytgacha nominalli Internet-paketlar narxlari arzonlashdi. (Batafsil ma’lumotlar: https://uztelecom.uz/index.php/ru/chastnym-litsam/mobilnaya-svyaz-1/gsm/pakety/internet-pakety-3)

    Juda faol Internet foydalanuvchilari uchun avtomatik ravishda yangilab turiladigan «Internet non-stop» seriyali BARCHA paketlar guruhi yangilandi, ushbu paketlardan foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab, ularning narxi 10 foizgacha tushiriladi.

    «O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlari uchun noyob takliflarini alohida ta’kidlash zarur. Masalan, quyidagi raqamlarga imtiyozli «tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar»: GSM standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, CDMA-450 standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK qayd etilgan mutlaq raqamlariga.

    Matbuot anjumanida kompaniya rejalari haqida batafsil so‘zlab berildi. 2019-yilda UZMOBILE CDMA faol abonentlari sonini 31 foizga (220 mingga) va UZMOBILE GSM tarmog‘i faol abonentlari sonini 36 foizga (4,6 millionga) oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 2G/3G va 4G texnologiyalari bo‘yicha UZMOBILE tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda. 2019-yil oxirigacha aholi punktlarida UZMOBILE tarmog‘ining qamrab olishi o‘rtacha 87 foizgacha, UZMOBILE GSM va UZMOBILE CDMA 90 foizgacha oshiriladi.

    Kompaniyaning aloqa sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlari alohida qayd etildi. Masalan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Navoiy va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlar binosida ichki va tashqi mobil aloqa qamrovining sifati yaxshilandi.

    Kompaniya rejalarida B2B segmenti uchun kompleks yechimlarni joriy etish belgilangan, ular o‘z ichiga quyidagi yechimlar: qayd etilgan mutlaq internet, telefoniya, IPTV, mobil aloqa va mijozlar hududida baza stansiyalarini o‘rnatishgacha 30 dan ortiq turli xil takliflar jamlangan.

    Sayyohlarga va umuman turizmga qulayliklarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi yechimlar joriy etiladi. Barcha aeroportlarda, t/y vokzallarida, avtovokzallarda va eng diqqatga sazovor, ommabop hududlarda WiFi zonalari va xizmat ko‘rsatish ofislarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Davlat segmentining (B2G) har bir sohasi uchun personal yechimlar va tariflar ishlab chiqilmoqda.

    Matbuot anjumani doirasida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

    Matbuot anjumanidan keyin kompaniya o‘z hamkorlari va korporativ mijozlarini esdalik sovg‘alari hamda minnatdorlik diplomlari bilan taqdirladi.

    Manba: Axborot xizmati