Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZMOBILE 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi
    17.09.2019

    Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE tarmog’ida sinovdan o’tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentabr kuni uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

     5G tarmoqlarining uskunalari “ko‘plab noortogonal (nomutanosib) kirish va Massive-MIMO” kabi eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli ko‘proq o‘tkazish qobiliyatini ta’minlay oladi.

     5G avlod tayanch stansiyalarini sinovdan o’tkazish NSA (Non StandAlone) tarmoq arxitekturasi qo’llanilgan holda 6 GigaGers (GGs)gacha chastotalar oralig’ida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 5G tarmog‘ini tashkil etish bosqichlaridan biri bo‘lib, operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi va kelajakda u yanada rivojlangan, operatorga nafaqat yuqori tezlikka, balki tarmoqdagi juda past kechikish darajasiga (taxminan 1 millisekund) erishish imkonini beruvchi arxitektura - SA (StandAlone)ga takomillashtirilishi kerak.

    5G texnologiyasining joriy etilishi UZMOBILE Milliy uyali aloqa operatoriga o‘z abonentlariga 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. Yangi 5G texnologiyalari bir vaqtning o‘zida bitta tayanch stansisining ko‘p sonli abonentlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi va bu bilan ushbu texnologiyani, birinchi navbatda, aholisi ko‘p bo‘lgan joylarda kengaytirish oshirish uchun asosiy omil hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati