Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-xabarlari
    10.06.2020

    Tesla kompaniyasi Xitoyda may oyi sotuv natijalari bo‘yicha yangi record o‘rnatdi

    Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) ma‘lumotlariga ko‘ra, Tesla kompaniyasi joriy yil may oyida jahondagi eng yirik avtomobil bozorida record darajadagi elektromobillar sotdi. O‘tgan oy natijalari bo‘yicha kompaniya tomonidan jami 11 095 ta elektromobil sotildi. Aprel holatiga nisbatan ushbu ko‘rsatqich 205 foizgacha o‘sdi

    Ta‘kidlash joizki, COVID-19 pandemiyasi tufayli Tesla kompaniyasining Xitoy bozoridagi sotuv hajmi aprel yakunlari bo‘yicha keskin pasayib ketgan (3 635 ta dona), ayniqsa dastlabki mart oyi bilan solishtirganda (10 160 ta dona). Ammo Xitoyning iqtisodiyoti bosqichma-bosqich inqirozdan chiqib ketyapti va  iste‘molchilar tomonidan ham talab oshib bormoqda.

    Xitoydan kelgan ijobiy xabarlar Tesla’ning sotuvda bo‘lgan aktsiyalariga ham bevosita ta‘sir o‘tkazdi. Dushanba, 8 iyun kuni birja savdolari bo‘yicha yangi recordli o'sish ko‘zatildi: kompaniyaning bir dona aktsiyasi narxi 949,22 dollarni tashkil etdi. Wedbush Securities tahlilchilari fikrlariga ko‘ra, bu hali eng so‘nggi yutuq emas, Tesla aktsiyalarining narxi yana 300 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

     

    Gonkonglik rassom robot bilan tandemda an‘anaviy xitoy usulida kartinalarni yaratmoqda

    Gongonglik rassom Viktor Vong A.I. Gemini roboti yordamida Xieyi an‘anaviy xitoy  usulida kartinalarni yaratmoqda. Kalligrafiya usullaridan foydalanib, chiziq va shtrixlarni siyoh yordamida yozib robot impressionism janriga yaqin kartinalarni guruchdan tayyorlangan maxsus qog‘ozda yaratadi.

    Ta‘kidlash joizki, rassomi va ixtirochi V. Vong robotni rassomchilikka o‘rgatishga uch yil sarfladi. U fizika, elektrotexnika va filmlar uchun VFX effektlarni tayyorlash sohalarida bilimga ega. Gemini gravitatsiya va tektonik harakatlarni inobatga olgan holda landshaftning uch o‘lchovli homqoliplarni o‘z xotirasida yaratadi. V. Vong so‘zlariga ko‘ra, robot boshqa texnikalarga taqlid qilmasdan o‘ziga xos noyob usulni ishlab chiqqan. 
     

    Android TV va ovozli boshqarishga ega smart-televizor $130 ga teng narxda bozorga chiqarildi

    Shimoliy Amerika televizor bozoridagi end yirik brendlardan biri — TCL kompaniyasi yangi smart-televizorlarning ikkita yangi rusumlarini taqdim etdi.

    Diagonali 31,5 dyuymga va 720p ga teng ekranli televizor narxi 129 dollarni tashkil etadi. Diagonali 39,5 dyuymga va 1280p ga teng ekranli televizorning ikkinchi rusumining narxi esa 200 dollarga yaqinlashadi.

    Mazkur rusumdagi televizorlar Dolby Digital ovoz o‘rash hamda Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalariga ega. Shuningdek, televizorning masofaviy boshqarish pultida Google Assistant ovozli boshqarish, Netflix internet-striming platformasi va Youtuve internet-videohostingga ulanish uchun alohida tugmachlari mavjud. 

     

    Honda kompaniyasiga nisbatan kuchli kiberhujum uyushtirildi

    Yaponiyaning  Honda yirik avtomobil kompaniyasi kiberhujum tufayli o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini  to‘xtatdi, deb e‘lon qilindi kompaniyaning rasmiy Twitter-kanalida.

    Honda vakillari ta‘kidlashicha, kiberhujum natijasida kompaniyaning ichki serverlari zarar ko‘rgani ehtimoli bor. Sifatni boshqarish  tizimlarini tekshirish uchun ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilgan.

    Hozirgi vaqtda Ogayo (AQSh), Hindiston va Braziliyada joylashgan filiallaridan tashqari Hondaning aksariyat zavodlarida ishlab chiqarish jarayonlari tiklandi. 

     

    ABBYY kompaniyasi Finereader Serverning yangi versiyasini taqdim etdi

    ABBYY kompaniyasi hujjatlarni ko‘rib chiqish va PDF formatiga o‘tkazishga mo‘ljallangan ABBYY Finereader Server ishlanmasining yangi versiyasini taqdim etdi.

    Endilikda Finereader Server yangi versiyasi yordamida nafaqat katta hajmdagi informatsiyani raqamlashtirishga, balki ma‘lumotlarni saqlashni tartiblashtirishga, takroriy hujjatlarni avtomatik ravishda bekor qilishga hamda chizma va katta formatdagi hujjatlar ustidan 16 foizga tezroq ishlashga yordam beradi.

    Bundan tashqari, turli shtrix-kodlarni, jumladan riteyil kompaniyalari, bank, logistika va transport kompaniyalari faoliyatlarida keng ishlatadigan QR-kodlarni ko‘rib chiqish jarayonlari 20 foizgacha tezlashtirildi.

    Manba: Axborot xizmati