eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-xabarlari
    12.06.2020

    Microsoft jahondagi eng kuchli beshtalikka kirgan superkompyuterni yaratdi

    Microsoft kompaniyasi OpenAI notijorat tadqiqot tashkiloti hamkorligida va buyurtmaga asosan yangi superkompyuterni yaratdi. Mazkur kompyuter jahondagi eng kuchli kompyuterlar beshtalikka kirdi. 

    Mazkur superkompyuter yangi avlod katta hajmdagi sun’iy intellekt modellarni sinovdan o‘tkazish uchun yaratilgan. Gap shundaki, yangi sun’iy intellekt modellari foydalanuvchi maqsadlarga oid yanada ko‘proq funksiyalarini bajarishlari mumkin.

    Ammo mazkur vazifalarni ijro etish uchun tegishli infratuzilma ham talab etiladi. Microsoft tomonidan taqdim etilgan superkompyuter — bu o‘z ichiga 286 mingdan ortiq protsessor yadrolarni (CPU core), 10 mingdan ortiq grafik protsessorlarni (GPU) qamrab oladi va har bir GPU-server uchun tarmoqqa ulanish tezligi 400 Gbit./s. tashkil etadi. Microsoft tomonidan yaratilgan Azure bulutli platformada joylashtirish orqali mazkur superkompyuter zamonaviy bulutli infratuzilmaning barcha imkoniyatlariga egadir. Jumladan jarayonlarni tezkorlik bilan yo‘lga qo‘yish, data-markazlarning yuqori havfsizlik darajasi va Azure servislardan to‘liq foydalanishni aytib o‘tish mumkin.


    Sony PlayStation 5 ni taqdim etdi

    Sony kompaniyasi Future of Gaming onlayn-taqdimotida PlayStation 5ning rasmiy taqdimotini o‘tkazdi

    PlayStation 5ning dizayni oq-qora gammada ishlab chiqilgan. Uning ichki tartibi SSD to‘plagichi, AMD sakkiz yadroli protsessori, operativ xotirasi esa 16 gigabaytga teng. Pristavkadan tashqari geympad, naushniklar, pult va veb-kameralar taqdim etiladi.

    PlayStation 5ning narxi taxminlarga ko‘ra, 450 yevroga teng bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, onlayn-taqdimotda PlayStation 5 uchun o‘yinlar taqdimoti ham o‘tkazildi. Ularning qatorida Grand Theft Auto V, Hitman 3, Resident Evil 8: Village va boshqalar ham bor.

     

    Google Android 11 sinov darajadagi beta-versiyasini keng ommaga chiqardi

    Google taqdimot o‘rniga Android 11 to‘g‘risida o‘z blog sahifasida dastlabki rasmiy postni chop etdi. Bundan tashqari, IT-kompaniya Android operatsion tizimning yangi versiyasi imkoniyatlarini batafsil ochib berilayotgan video to‘plamlarini ham yuklab oldi.

    Taqdim etilgan videolardan tashqari Google yana 11 ta tematik haftaliklarini o‘tkazishni mo‘lljalamoqda.



    Bulutli texnologiyalar bozori yilliga 16% o‘sishni ko‘rsatilishi taxmin qilinmoqda

    Joriy iqtisodiyot inqirozi bulutli texnologiyalar bozoriga ham bevosita ta’sir o‘tkazdi. Hozirda kompaniyalar zamonaviy AKT-ixtirolarni joriy etishga yanada ko‘p sarmoya kiritadi. Bulutli texnologiyalar, birinchi navbatda, masofaviy ish tashkil etish va virtual maydonida katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash hisobidan shtat va joriy harajatlarni keskin kamaytirishga zamin yaratadi.

    Hozirgi kunda bulutli texnologiyalar sohasida eng yirik AdobeAlibaba CloudAmazon Web ServicesGoogleHewlett Packard EnterpriseIBMMicrosoftOracle Salesforce.com va SAP IT-kompaniyalari yetakchilik qiladi.

     

    Apple bozor narxi $1,5 trln. dan oshdi

    Apple Inc. aksiyalarning narxi oxirgi juma birja savdolarida tarixiy maksimal natijalarini ko‘rsatib, har bitta dona aksiyaning narxi 323,34 dollarga teng bo‘ldi. Shunday qiliyu kompaniyaning kapitalizatsiya narxi 1,5 trillion dollardan oshdi, va Apple shu darajaga yetakchilik qilgan birinchi amerikalik kompaniya bo‘lib tarixga kirdi. https://3dnews.ru/1012756

    Ta’kidlash kerakki, mart oyi oxirida Apple aksiyalarining narxi bir donasi uchun 212,61 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiyaga qat’iy nazar izchil o‘sib bordi. Bu yutuqqa erishishda ham kompaniya tomonidan yangillangan mahsulotlarni bozorga chiqarishi hamda planshet va noutbuklarga bozorda talab orttirishi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

    Yana bir qiziqarli fakt: Apple brendi hozirgi kunda jahon miqyosida eng qimmatbaho brend deb hisoblanadi. Reyting agenliklari ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, uning qiymati 205,5 milliard dollarga teng
     

    Manba: Axborot xizmati