Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    15.06.2020

    Mahalliy startapchilar o‘z loyihalarini IT-Park Demo Day doirasida taqdim etishdi

    IT-Park investorlarni startap loyihalar bilan tanishtirish va startaplarga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ikkinchi marta Demo Day tadbirini o‘tkazdi.

    Demo Day – bu uch oylik inkubatsiya va jadallashtirish dasturlaridan o‘tgan startap loyihalarini potensial investorlariga taqdim etishlari va ularga investitsiyalar jalb qilishlari uchun yaratilgan tadbir. Bu investorlarni qiziqtirish va ularning boshlang‘ich loyihalarini yanada rivojlantirish uchun zarur moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkoniyatidir.

    Tadbirda ishtirok etgan mahalliy va xorijiy ekspertlar va startapchilar bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar startap-kompaniyalarga o‘z loyihalari to‘g‘risida qiziqtirgan savollarini berish, ularni yaxshiroq bilish va qaysi loyihaning eng istiqbolli ekanligini tushunishga muvaffaq bo‘lishdi.



    TATU ORACLE kompaniyasi bilan hamkorlikda halqaro onlayn vebinar o‘tkazadi
     

    Joriy yilning 17 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jahon IT-bozorining eng yetakchi kompaniyalaridan biri — Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro onlayn vebinar tashkil etmoqda.

    Vebinar Zoom platformasida Toshkent vaqti bilan 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

    Vebinar doirasida IT yo‘nalishlari bo‘yicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng so‘ngi texnologiyalar, Cloud'dan foydalanish va Oracle Academy'si yangiliklari, LMS tizimi onlayn darslar, ulardan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish va boshqa qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

    Vebinarda ishtirok etish uchun elektron manzili: https://oracle.zoom.us/j/3977717366?pwd=SGFlcyswaDlMUE41MmZNVTdsUU5CZz09

    Identifikator: 397 771 7366

    Parol: 87654321

     

    Alibaba Group O‘zbekiston yoshlari bilan elektron tijorat bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi

     

    Joriy yilning 13 iyun kuni “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Alibaba Group, China Campus Network Uzbekistan kompaniyalari hamkorligida “O‘zbekistonda elektron tijorat istiqbollari” mavzusida onlayn biznes forum o‘tkazildi.

    Forumda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov yosh tadbirkorlar va ishtirokchilarga elektron tijoratga doir o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Yoshlar ushbu tadbirkorlik yo‘lini tanlaganida yuzaga keladigan to‘siqlarni sanab o‘tib, ularga yechimlar taklif qildi.

    Shuningdek, forum davomida elektron biznes – muvaffaqiyatga erishgan yirik kompaniyalar faoliyati misolida tushuntirib berildi. Alibaba Group kompaniyasiga asos solinishi va rivojlanish tarixi, uning rivojlanish strategiyasi haqida “China Campus Network” nodavlat ta’lim agentligi asoschisi, Alibaba.com ekotizimi hamkori Mr. Chzhou Young atroflicha ma’lumot berdi.

     

    DSQ 1 iyulgacha o‘zini o‘zi band qilayotgan shaxslar uchun maxsus mobil ilovani ishlab chiqaradi

     

    Joriy yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Unga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni masofadan ro‘yxatga olish uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish vazifasi yuklatildi. Mazkur ilovani joriy yil 1 iyulga qadar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

     

    HUMO va Mastercard birgalikda HUMO-Mastercard-International kartalarni keng ommaga chiqarishi to‘g‘risida kelishuvni imzolashdi

     

    Milliy banklararo protsessing markazi va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi HUMO-Mastercard-International kartalarni chiqarish to‘g‘risidagi ishlarni boshlashi to‘g‘risida kelishuvni amalga oshirishdi.

    HUMO-Mastercard-International to‘lov kartalarining egalari O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab Mastercard tayanch nuqtalarida barcha naqdsiz to‘lovlarni, tovarlarni xarid qilishlari, jumladan internet-do‘konlarida ham amalga oshirishlari mumkin. Kartalar to‘lovlarni kontaktsiz amalga oshirish texnologiya asosida ishlab chiqariladi.

    HUMO-Mastercard-International kartalarni muommalaga chiqarish boshlanish muddatini tomonlar qo‘shimcha ravishda axborot beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati