Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    19.06.2020

    Markaziy bank yangi interaktiv mobil ilovani ishga tushirdi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank yangiliklardan xabardor bo‘lish va interaktiv xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan yangi interaktiv mobil ilovani ishga tushirdi.

    Mazkur mobil ilova Markaziy bankning rasmiy veb-sayti bilan to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, o‘zbek (kirilcha va lotincha), rus va ingliz tillarida olib borilmoqda. Hozirgi kunda mazkur ilovani Google Play orqali yuklash imkoniyati bor. Yaqin orada mobil ilovani iOS operatsion tizimi uchun yuklash va ishlatish ham mumkin bo‘ladi.

    Mobil ilova orqali valyutalar joriy kurslari va bank sohasiga oid oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lish, bundan tashqari bank, ayirboshlash shohobchalari, bankomatlari, 24/7 rejimida ishlaydigan o‘ziga xizmat ko‘rsatish punktlarining joylashish tartibi haqidagi interaktiv xaritani ko‘rish imkoniyatlari mavjud.

    Ilovaning yana bir qulay afzalliklaridan biri — bank sohasiga oid qonunchilik bazasi mavjudligi. Qidiruv tizimi orqali tez va oson kerakli normativ-huquqiy hujjatni topish, uni yuklash va onlayn rejimida ko‘rib chiqish ham mumkin.

    Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar ilova orqali Markaziy bankka murojaatlarni yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonlarini ko‘zatishlari ham mumkin.

     

    “2GIS” xalqaro kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi davrida Toshkentni “tiklash indeksini” ko‘rib chiqdi

    “2GIS” xalqaro kartografiya kompaniyasi Toshkentni “tiklash indeksini” ko‘rib chiqdi. Mazkur indeks inqirozdan oldin vaziyatni hozirgi davriga nisbatan aholining iqtisodiy faollik darajasini solishtirib beruvchi mezondir.

    Indeks har kuni yangilanib foiz ko‘rsatgichlarda aks ettiriladi. 2020 yil 18 iyun holatiga ko‘ra inqirozdan oldin davriga nisbatan Toshkentning “tiklash indeksi” 58% ga teng bo‘ldi.

    Indeksning asosiy metrikasi (hisob-kitob qilish manbai) shaharlarda tovar va xizmatlarga bo‘lgan talablar dinamikasi hamda tashkilotlarga yetib borish uchun tashkil qilingan marshrutlarning ko‘rsatqichlariga asoslangan.

    Hozirgi kunda 2GIS kompaniyasi o‘z indeksini Toshkent va Bishkek, hamda Rossiyaning 62 taQozog‘istonning 10 ta va Ukrainaning 4 ta shaharlari uchun ishlab chiqaradi.

     

    O‘zbekistonda ilk elektron pullar tizimi ro‘yxatga olindi

    O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari talablariga muvofiq, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan “Brio Group” MChJ “OSON” elektron pullar tizimining operatori sifatida o‘z faoliyatini boshladi.

    Mazkur elektron pullar tizimining emitenti bo‘lib “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

    Elektron pullar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi. 

     

    Paddle.com O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar — soliq to‘lovchilar safiga qo‘shildi

    Raqamli mahsulotlar sotishga ixtisoslashgan Paddle.com IT-platformasi (Buyuk Britaniya) O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritildi.

    Ta‘kidlash kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda 14 ta xorijiy IT-kompaniyalari soliq to‘lovchi sifatida  ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan  eng mashhurlari Google, Apple, Samsung, Netflixlardir. Ushbu  Buyuk Britaniya kompaniyasi esa 15-chi  kompaniya bo‘lib royhatdan o‘tdi.

    Kompaniyalar to‘liq ro‘yxati bilan Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy saytida tanishishingiz mumkin: https://tax.uz/ru/site/companys

     

    Mediapark O‘zbekistonda Apple’ning rasmiy sotuvchisi maqomiga ega bo‘ldi

    Maishiy texnika va elektronika sotishga ixtisoslashgan Mediapark do‘koni Apple kompaniyasining Authorized Official Reseller — avtorizatsiyadan o‘tgan reseller (sotuvchi) maqomiga ega bo‘ldi.

    Apple rasmiy mahsulotlarga ega birinchi shourum poytaxtimizning Qoratosh dahasida joylashgan Mediapark filialida ochilgan. Do‘konda nafaqat rasmiy kafolatga ega Apple sertifikatlashgan mahsulotlarini xarid qilish balki malakali mutaxassislar tomonidan ham konsultatsiya olish mumkin. Bundan tashqari mijozlar uchun kafolat davri doirasida detallarni va qurilmalarni bepul almashtirishga yo‘naltirilgan bir qator dasturlari ham mavjud.

     

    Manba: Axborot xizmati