Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hukumat va aholi o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish
    25.02.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonda AKT-sohasini istiqbolli rivojlantirishi respublikamiz uchun eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

    Axborot texnologiyalar hozirgi davrning eng dolzarb va muhim masalaga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi! Axborot texnologiyalar nafaqat jarayonlarni keskin ravishda osonlashtirishga va tezlashtirishga ko‘mak beradi, eng muhimi, ular yordamida noyob mediamakonni va ishtirokchilar orasida qayta muloqot tizimini yaratishga, ijtimoiy masalalarni muhokama qilishda ko‘plab fuqarolarni jalb qilishga zamin yaratadi.

    Shu borada, respublikamiz boshlig‘i tomonidan ko‘tarilgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z aksini topgan muhim vazifalaridan biri — hukumat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy qilishi deb ko‘rsatilgan edi.

    Hukumat organlari va aholi o‘rtasida samarali qayta muloqot tizimi o‘rnatilishi eng yorqin misollaridan biri 2018 yil aprel oyida ishga tushgan «Mening fikrim» Jamoaviy murojaatlar portali deb ko‘rsatish ham mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,3 mingdan ortiq murojaatnomalar kelib tushdi, 24 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi, 449 mingdan ortiq ovoz berildi.

    Portal faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida qo‘yidagi qadamlarni bajarilishi nazarda tutilgan:

    • Birinchidan, portalning turli platformalar uchun mobil ilovani ishlab chiqarish va yo‘lga qo‘yish;
    • Ikkinchidan, portalning statistik modulini va qayta muloqot tizimini takomillashtirish;
    • Uchinchidan, kelib tushayotgan jamoaviy murojaatlar bo‘yicha faoliyatini yaxshilash va PR-kampaniyalarni o‘tkazish.

    Mazkur tadbirlarni amalga oshirishi, shubhasiz, nafaqat «Mening fikrim» Portalini faoliyatini yaxshilashga, va shu bilan birga hukumat organlari va aholisi o‘rtasida qayta muloqot tizimini takomillashtirishga muhim qadam bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati