eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Innovatsiya bilan hamnafas bo‘lish — davr talabi
    05.03.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘naltirilgan Murojaatnomasida O‘zbekiston istiqbolli rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining muhim o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

    “Raqamli O‘zbekiston-2030” yirik loyihasi, o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olib, O‘zbekiston iqtisodiyotini to‘liq va kompleks ijobiy o‘zgarishiga va raqobatbardoshlikni oshirishga yo‘naltirilgan.

    Ushbu va boshqa vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z aksini topgan.

    Mazkur dasturni amalga oshirishda “elektron hukumat” tizimini ilg‘or xalqaro tajriba asosida yanada takomillashtirishga ham muhim e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, qo‘yidagi masalalarni hal etish nazarda tutilmoqda:

    • axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

    • davlat xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish;

    • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash.


    “Elektron hukumat” loyhasi qanday qilib amalga oshiriladi?

    Davlat organglari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish borasida idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlari, hamda yagona identifikatorlarini, ma’lumotnomalar va tasniflagichlarning Yagona reyestrini ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan. Davlat organlari va tashkilotlari idoralararo integratsiyalashgan axborot va resurslari hamda boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etishi va ulardan samarali foydalanishi shart.

    Bu esa, o‘z navbatida, aholi uchun ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari sifatini oshirishga va ro‘yhatini kengaytirishga xizmat qiladi. Shunga tufayli fuqaro turli kanallar orqali — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari, veb-sayt va mobil ilova orqali turli davlat xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.

    “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini, va jumladan, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “elektron hukumat” dasturini amaliyotga tatbiq etilishi nafaqat davlat sektori xarajatlarni keskin kamaytiradi, va eng muhimi, halqning manfaatlariga xizmat qiladi — kerakli xujjatlarni olishda fuqarolarimizning vaqt va pullarini tejaydi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini va samardorligini oshiradi.

    Manba: Axborot xizmati