Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yil boshidan 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi
    08.06.2020

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stragegiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020 yil 2 martdagi PF–5953-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
             Xususan, 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi belgilangan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 340 ming portga teng keng polosali yangi abonent qurilmalari keltirildi. Keltirilgan telekommunikatsiya qurilmalari hududlarga taqsimlanib mutahassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda 281 ming port qurilmalar o‘rnatildi.

             Bundan tashqari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish maqsadida 40 ta server qurilmasi va 5 komplekt ma’lumotlarni saqlash qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

             Shu kunga qadar respublika bo‘ylab jami 1 148 ta yangi tayanch stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi. 1 483 ta ob’ektda joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali internet xizmatlarini taqdim etish imkoniyati yaratildi.

             Telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 6, 5 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati