Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Asosiy maqsad — qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash va nazoratni kuchaytirish
    18.06.2020

    O‘zbekistonda 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili” deb e’lon qilingani bejiz emas. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

    Shu yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.

    Bugungi kunda ushbu qaror asosida barcha iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mazkur dasturning dolzarb yo‘nalishlaridan biri qurilish sohasidir.

    Masalan, qurilish sohasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini joriy etilishi va boshqa axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishi loyihalarni amalga oshirish jarayonlarda mablag‘lardan maqsadli foydalanishga va barcha tomonlar o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo va ziddiyatlarini oldini olishda ko‘maklashadi.

    O‘z navbatida, shaxarsozlik kadastri geoaxborot tizimi (geoportal)ni shakllantirilishi va joriy etilishi shaharlarimiz va katta aholi punktlarimizning uzoq yil strategik rivojlanishini rejalashtirishda katta ko‘mak beradi, vaqt va pul xarajatlarini keskin sarflaydi.

    Qurilish sohasida e’tiborga sazovor yana bir muhim loyiha — qurilish sohasidagi (qurilishga ruxsat berish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish) elektron davlat xizmatlarini joriy etilishi mazkur sohada nafaqat qurilish ishlarini olib borilayotgan shaxslarga qulaylik yaratadi, nazoratni samarali olib borishiga ham imkon beradi.

    “Elektron hukumat” kompleks dasturi doirasida qurilish sohasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar, shubhasiz, yuqori dolzarblik va muhimligiga ega. Va ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va fuqarolarimizning turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati