Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    08.07.2020

    Kibersport bo‘yicha yangi musoboqa e’lon qilindi

    IT-Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida hamda Adrenaline Rush kompaniyasi va ARCRED kibersport bo‘yicha tashkiloti bilan hamkorlikda kibersport bo‘yicha yangi musoboqani tashkillashtirmoqda.

    Kibermusobaqa quyidagi o‘yin turlari bo‘yicha o‘tkaziladi: FIFA20Counter StrikeDota2 va PUBG Mobile. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 129 mln. so‘mni tashkil qiladi. 

     

     

    O‘zbekistonda Sony kompaniyasining birinchi maxsus zali (shourumi) ochildi

    Joriy yil 7 iyul kuni Toshkentda Sony kompaniyasining birinchi maxsus namoyish zali (shourum) ochildi.

    Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, mazkur shourumning ochilishi respublikamizda foto bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar tomonidan fotokameralarning yangi rusumlari va uning qismlariga oshib borayotgan talab va ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi.

    Shourumda ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiy kafolatga ega eng yangi kamera, ob’yektiv va aksessuarlar taqdim etiladi. Bundan tashqari shourumda amaliyot o‘tkazish va mutaxassislar tomonidan professional xizmatlar ko‘rsatishga imkon yaratiladi.

     

    Toshkentda test rejimida avtomobillarni jarima manzillidan olib chiqish onlayn tizimi yo‘lga qo‘yildi

    Yo‘l xavfsizlik qoidalarini buzilishi to‘g’risida protokol elektron shaklda tayyorlanib kompleks avtomatlashtirilgan tizimga kiritiladi. Keyingina haydovchiga jarima miqdori va avtomobil olib borilgan jarima manzili to‘g‘risida sms-xabar keladi.  

    Qoidani buzgan fuqaro jarimani elektron tizim orqali yoki bank kassa orqali to‘lab qo‘yishi mumkin. Davlat yo‘l harakat xavfsizligi xizmati saytida http://dyhxx.uz/ barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish, hujjatlarni topshirish hamda jarimani to‘lash mumkin.

    Mazkur tizim test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin respublika bo‘yicha joriy qilinadi.

     

    Humo va Uzcard to‘lov tizimlari integratsiyalashadi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq Humo va Uzcard to‘lov tizimlari integratsiyalashadi.

     Mazkur qarorda ta’kidlaganidek, mavjud to‘lov tizimlari infratuzilmasidan (to‘lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar) ikkala tizim foydalanuvchilari uchun muqobil foydalanish imkoniyatini yaratish mexanizmi amalga oshiriladi. 

     

    “Marvel-Distributsiya” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z  vakolatxonasini ochdi

    O‘zbekistonda MDH davlatlarida IT uskunalari bilan ta’minlab beruvchi eng yirik kompaniyalaridan biri — “Marvel-Distributsiya” kompaniyasining filiali ochildi. Marvel-Uzbekistan o‘z operatsion faoliyatini O‘zbekiston hamda qo‘shni Tojikistonda olib boradi.

    “Marvel-Distributsiya” kompaniyasi o‘z mijozlari uchun 150 dan ortiq ishlab chiqaruvchilari tomonidan IT-mahsulotini yetkazib beradi. Kompaniyaning dilerlik tarmog‘i Rossiya va yaqin chet eldagi  200 dan ortiq shaharlarda joylashgan 4000 dan ortiq biznes-sheriklaridan iborat. “Marvel-Distributsiya” kompaniyasi Rossiyaning 500 ta eng yirik kompaniya (RBK tahlili bo‘yicha) hamda 200 ta eng yirik xususiy kompaniyalar (Forbes tahlili bo‘yicha) safiga kiradi. 

     

    Manba: Axborot xizmati