Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    20.07.2020

    BAAning Mars sayyorasi tomon yo‘naltirilgan  missiyasiga muvaffaqiyatli start berildi

    Bugun kechasi Tanegasima kosmik markazidan Birlashgan Arab Amirliklarining kosmik loyihasiga start berildi, ya’ni Mars sayyorasiga Al Amal” (“Umid”) nomli kosmik zondi harakatlandi.

    Dastlabki rejalarga ko‘ra zondni uchirilishi 14 iyul kuniga mo‘ljallangan edi, ammo yomon ob-havo sharoitlari tufayli qoldirilgan edi. Ta’kidlash kerakki, kosmik apparat arab ilmshunos va muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.

    “Al Amal” (“Umid”) missiyasi $200 mln. qyimatiga teng va BAA ning kosmik tadqiqotlarni olib borishdagi birinchi qadam bo‘lib, mazkur davlatning barpo etilishining 50-yiligiga bag‘ishlangan. 

    Al Amal» loyihasining start berish jarayonidan videolavhahttps://youtu.be/RrIc7ZlwbgE

     

    Ingliz va xitoy tillarida qo‘shiq kuyladigan ovozni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib beradigan DeepSinger neyrotizimi ixtiro qilingan

    Chjetszyan universiteti va Microsoft kompaniyasi tadqiqotchilari DeepSinger nomli neyrotizimni yaratishdi. Mazkur neyrotizim ingliz va xitoy tillarida qo‘shiq kuyladigan ovozni ishlab chiqarish imkoniyatni yaratib bera oladi. 

    Neyrotizim Internetdagi mashhur ashulalarni tahlil qilib, ularni Spleeter quroli yordamida vokal va instrumental partiyalariga, ovozni ham alohida fonemalarga bo‘ladi. Bundan keyin Microsoft FastSpeech texnologiyasi yordamida algoritm o‘z “qo‘shiq aytish” modelini ishlab chiqaradi.

    Tadqiqotchilarning aytishlaricha, DeepSinger texnologiyasi boshqa sun’iy ashula ovozlarni ishlab chiqarayotgan neyrotizimlardan ustunlik qiladi. Mazkur neyrotizim  Internet manbalaridan bevosita ma’lumotlarni izlab topish va har xil tillarda sun’iy ashula jarayonini qayta ishlab chiqish imkonini beradigan yagona texnologiyadir.

     

    Optik tolali tarmoq orqali ilk marotaba uzoq masofaga 800 Gbit./s. tezlikdagi ma’lumotlar uzatildi

    Optik tolali kommunikatsiya tarmoqlari uchun jihozlarni ishlab chiqaruvchi Infinera  kompaniyasi axborot xizmatlarni ko‘rsatuvchi Windstream kompaniyasi bilan hamkorlikda 800 Gbit./s. tezlikdagi 730 kmga teng masofada San-Diego va Finiks shaharlari orasida ma’lumotlarni uzatishga erishishdi.

    Ixtirochilar lazer nuridan foydalangan. Lazer nuri 8 qismga bo‘linib, har bittasi alohida ma’lumotlar oqimini yetkazib beradi. Shunday qilib, signal to‘xtovsiz va tiniq yetib boradi.

    Endilikda Infinera va Windstream ushbu texnologiyadan  tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Boshida undan o‘z maqsadlari uchun foydalanish ko‘zda tutilgan edi. 800G optik tolali texnologiyani joriy yil yakuniga qadar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda uzoq masofadagi marshrutlar uchun 100G optik tolali texnologiyasi ishlatiladi.

     

    KFC tovuq naggetslarining 3D ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ymoqchi

    Jahonga mashhur fast food ishlab chiqaruvchi KFC kompaniyasi Rossiyaning 3D Bioprinting Solutions kompaniyasi bilan birga o‘zining eng taniqli va hammabop bo‘lgan mahsulotlaridan birini — tovuq naggetslarni 3D ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Tovuq naggetslarni 3D ishlab chiqarilishi “bo‘lajak restoran” konsepsiyasining bir qismilaridan biri. 

    Mahsulot tovuq hujayralar va o‘simlik oziq-ovqat tarkibida ishlab chiqariladi. KFC vakillarining ta’kidlashicha, naggetslarning 3D ishlab chiqarilishi an’anaviy go‘sht ishlab chiqarish texnologiyalaridan ekologik jihatdan samaraliroqdir. Mazkur usul  energiyani tejashga yordam beradi.

    Bioprinterda ishlab chiqarilgan birinchi naggetslarni joriy yil Moskvada sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo qachondan boshlab ular restoranlarning menyulariga kiritilishi hali noma’lum.

     

    Yaponiyada robotlar do‘konlardagi tokchalarga tovarlarni joylashitirishni boshlaydi

    FamilyMart yapon riteyl kompaniyasi joriy yil avgust oyidan boshlab o‘zining Tokiodagi 20 ta do‘konlarida robotlarni merchendayzing jarayonlarida ishlatishni yo‘lga qo‘yadi.

    Robotlarni Telexistence yapon muhandislik kompaniyasi yaratgan. Mazkur jarayonlarda foydalanilayotgan modeli xuddi “Ford T” hammyonbop avtomobilga o‘xshab “Model T” nomiga ega bo‘ldi.

    Boshida robotlar inson harakatlarini sun’iy intellect yordamida takrorlamaguncha masofadan boshqariladi.

    Ta’kidlash kerakki, yapon riteyil bozorida ham faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa yirik kompaniya va FamilyMart raqibi — Lawson kompaniyasi ham robotlardan savdo jarayonlarida foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi.