Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    22.07.2020

     

    129 mln. so‘m mufokot jamg‘armasiga teng “Adrenaline Cyber Cup” kiber musoboqasiga start berildi

    21 iyul kuni “Adrenaline Cyber Cup” kiber musoboqasiga start berildi. Mazkur turnir 31 iyulgacha davom etadi.

    “Adrenaline Cyber Cup” kiber musoboqasi to‘rtta o‘yin turlaru bo‘yicha o‘tkazilmoqda: “Counter-Strike: Global Offensive”, “DOTA 2”, “FIFA 20”, “PUBG Mobile”. Mazkur musobaqa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-Park, Adrenaline Rush kompaniyasi hamda ARCRED kibersport jamoasi tomonidan o‘tkazilmoqda. Turnirning mukofot jamg‘armasi 129 mln. so‘mni tashqil qiladi. Musobaqada ishtirok etish uchun 1,2 mingdan ortiq ishtirokchilar o‘z arizalarini topshirdi.

    O‘yinlarining onlayn translatsiyalarini IT-Park Twitch va Youtube kanallarida ko‘zatish mumkin.

     

    Bir yilga toʻlishi munosabati bilan IT-Park REwind onlayn marafonni tashkillashtirmoqda

    Bir yilga toʻlishi munosabati bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-ParkRewind nomli onlayn marafonni tashkil etmoqda. Mazkur marafon 24-iyul kuni, soat 14:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi. 

    Marafon doirasida qator dolzarb masalalar, xususan, qayerda bepul IT taʼlim olish, shunday qilib IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish, muvaffaqiyatli startapni ishga tushirish, qayerdan investitsiya jalb qilish ko‘rib chiqiladi. Spiker tomonidan axborot texnologiyalar va startaplar sohasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor va frilanserlar ishtirok etishadi va ishtirokchilarning barcha savollariga javob berishadi.

    Mazkur onlayn marafonda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/marathon_uz

     

    O‘zbekistonda ilk marotaba telemeditsina texnologiyasidan foydalanildi

    Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot pediatriya markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan Mo‘ynoq tumanining 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni telemeditsina texnologiyasi yordamida masofaviy tibbiy ko‘riqi o‘tkazildi.

    Mutaxassislar ta’kidlashicha telemeditsina texnologiyasi yordamida nafaqat be’morni onlayn rejimida kuzatsa bo‘ladi, bundan tashqari uning tashqi va ichki ahvolini ham o‘lchash imkoniga ega. Shunday qilib, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib to‘laqonli diagnoz qo‘yishga va be’morni da’volanishga imkon yaratiladi.

     

    Qurilish sohasi ham raqamlashtiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni arxitektura va qurilish sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

    Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish korxonalari va ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish vazifasi yuklatildi.

    Joriy yil 1-avgustdan boshlab Toshkent shahrida, keyingi yil boshidan boshqa hududlarda qurilishda aniqlangan barcha kamchiliklar fotosuratlari bilan tizimga onlayn kiritiladi va nazorat jarayonlari avtomatlashtiriladi.

    Quruvchi tashkilot yoki fuqarolarga qurilish jarayoni tartiblari va shartlari haqida to‘liq ma’lumotlarni istalgan vaqtda olish imkoniyatini beruvchi onlayn tizim ishga tushiriladi.

    Barcha shaharsozlik qoida va normalari interaktiv ko‘rinishga o‘tkazilishi, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha barcha jarayonlarni raqamlashtirish hamda ekspertiza xulosalarini yagona bazada saqlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi. Bu choralar mamlakatimizda qurilishga ruxsat berish jarayonini 254 kundan 84 kunga qisqartirish, ushbu jarayonlardagi tartib-taomillarni 17 tadan 5 taga kamaytirish, tadbirkorlar va fuqarolarning bu ishlarga sarflanadigan vaqtini 67 foizgacha qisqartirish imkonini beradi.

    Yig‘ilishda mutasaddilar qurilish sohasini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash, shaharsozlik qoida va normalarini yangilash borasidagi ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

     

    Payme asoschisi botCommerce startap loyihasiga sarmoya kiritmoqchi

    Payme to‘lov tiizimining asoschilaridan biri chatbot-do‘konlarni yaratishga mo‘ljallangan botCommerce startapiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

    Kiritilayotgan investitsiyalar hajmi hali noma’lum. 

     

    Manba: Axborot xizmati