eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    05.08.2020

    “Yandex.Xaritalar”da piyoda marshrutlari yaratildi

    Yandex.Xaritalar” (“Яндекс.Карты”) servisida “piyoda marshrutlarni tuzish” yangi foydali funksiya yaratildi. Endi uning yordamida o‘z shaxsiy marshrutini rasmga olishga va mazkur servisga yuklashga imkon yaratildi

    Marshrutlarni rasmga olishi Yandex’ning “Xalq xaritasi” (“Народная карта”) nomli ilovasi orqali amalga oshiriladi. Uning yordamida mustaqil ravishda marshrut tuzish va hozirda amaldagi virtual kartaga o‘zgartirish va tuzatishlarni kiritsa bo‘ladi. Ma’lumotlar yuklangandan keyin moderatsiyadan o‘tadi va “Yandex.Xaritalar”da aks ettiriladi.

    Ta’kidlash kerakki, mazkur funksiya imkoniyati cheklangan shaxslar, yosh bolali ota-onalar, velosipedchi va boshqalarga xavfsiz va qulay marshrutni tuzishda yordam beradi. Bundan tashqari, mazkur funksiya ixtirochilarga tezkor ravishda “Yandex.Xaritalar”da  dolzarb o‘zgartirishlarni kiritishga ko‘mak beradi.

     

    Google kompaniyasi Nearby Share simsiz fayl uzatish texnologiyasini namoyish etdi

    Google yaqin atrofdagi boshqa Android smartfon foydalanuvchilari bilan fotosuratlar, fayllar, havolalarni almashish imkonini beradigan Android smartfonlari uchun yangi texnologiya -  “Nearby Share”ni chiqara boshladi. Texnologiya Applening AirDrop funktsiyasiga juda o'xshash bo'lib, u o'zining iPhone, Mac va iPadlarida foydalanadi

    Hozirgi vaqtda yangi vosita faqat Samsung Android smartfonlarida ishlaydi. Nearby Share  tez orada barcha Android qurilmalar uchun mavjud bo'ladi.

     


    Ikki hafta ichida robotning xayoliy nom ostidagi blog sahifasiga 26 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi

    Sun'iy intellekt roboti tomonidan boshqariladigan Liam Porr’ning xayoliy nomi ostidagi bloglar sahifasiga ikki hafta ichida 26000 nafardan ortiq kishi tashrif buyurdi va 60 nafar inson  sahifaga obuna bo'lishdi.

    Mualliflik siri blogning so'nggi postida o'quvchilarga oshkor bo'ldi

    Blog uchun matnlarning o'zi OpenAI notijorat tadqiqot tashkilotining yangi GPT-3 yozish algoritmi asosida yaratilgan.

    Eksperiment muallifi Manuel Araos GPT-3 texnologiyasi internet-medianing kelajagini o'zgartirishi mumkinligini ta'kidladi. Uning yordami bilan siz bir soat ichida beshta maqola yaratishingiz mumkin va shu bilan ko'p sonli jurnalistlar tarkibini saqlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirasiz.

    Bajarilgan ishlar to'g'risida batafsil hisobot GitHub sаytidа mavjud


     

    Fox Sports telekanali oy‘in translyatsiyasida stadionlarni virtual fanatlar bilan to‘ldirdi

    Fox Sports tomonidan mazkur texnologiya ilk marotaba “Milwaukee Brewers” va “Chicago Cubs” jamoalari o‘rtasida beysbol o‘yinida ishlatilgan. Kanal television matchining tomoshabinlar “davomatini” ham o‘zi tanlagan. O‘yin doirasida 75 foiz “tomoshibanlari” Milvoki shahridan jamoasini ko‘llagan bo‘lsa, qolgan 25 foizi esa Chikago shahridagilar jamoasiga ishqibozlik qilgan. Shuningdek, o‘yin davomida fanatlarning bir qismi stadionni “tark etishdi”.

    Mazkur texnologiya ob-havo sharoitiga qarab tomoshabinlarning kiyimini o‘zgartirishga imkon yaratadi. Virtual fanatlar 500 gacha turli harakatlarni, jumladan ashula va jamoaning shiorlarini aytish va hattoki tomoshabinlar harakati bilan “to‘lqinni” bajarishlari mumkin.

    Fox Sports vakillari ta’kidlashicha, ular translyatsiyani kuzatib borayotgan tomoshabinlar uchun odatiy va qulay muhitni yaratish maqsadida mazkur texnologiyadan foydalanishgan

     

    Birinchi tijoriy “aqlli” ko‘zoynaklar taqdim etildi

    Smartfonlarni ishlab chiqarish borasida Xitoy bozorida yetakchilik qilayotgan Coolpad Group kompaniyasi “boyitilgan reallik” (AR, augmented reality) texnologiyasi bilan jihozlangan Coolpad Xview nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdimotini o‘tkazdi. Moslama yaqin orada sotuvga chiqarilishi ehtimoli bor. “Aqlli” ko‘zoynakning narxi $428 ga teng bo‘lisi mumkin.

    Moslama oddiy quyosh nuridan saqlaydigan ko‘zoynakka o‘xshasa ham, shu bilan birga display va 3-millimetrli kamera bilan jihozlangan. Mazkur ko‘zoynaklar “boyitilgan reallik” (AR, augmented reality) texnologiyasidan foydalanishga, ya’ni xonaning katta-kichiglini o‘lchashshaxslarni aniqlash va predmetlarni topishInternetda informatsiyani ishlashga va bundan tashqari boshqa funksiyalardan foydalanishga imkon yaratib beradi. Moslamani avtonom rejimida ishlatsa hamda Bluetooth orqali smartfonlarga ulasa bo‘ladi. Hozirda “aqlli” ko‘zoynaklarda 4G texnologiyasi qo‘llanilmoqda, ammo kelgusi yildan boshlab 5G texnologiyasini qo‘llanadigan moslamalar ishlab chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yiladi.

    Manba: Axborot xizmati