O‘zbekiston respublika tovar hom ashyo birjasi elektron hujjat almashish tiziminini yo‘lga qo‘ydi
Ixtirochilar ta’kidlaganidek, mazkur tizimning joriy qilinishi birja bozori ishtirokchilari uchun qator qulayliklarni yaratib beradi.
Birinchidan mazkur tizim bitim ishtirokchilarining vaqt va pul harajatlarini keskin kamaytirishga imkon beradi. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda yurudik maqomga ega hujjatlarni besh daqiqa ichida imzolash, jo‘natish va qabul qilish mumkin. Ikkinchidan, bu birja operatsiyalarini tezlashtirishga zamin yaratadi. Uchinchidan hujjatlarni rasmiylashtirishda hatolarni qamaytiradi va biznes jarayonlarining samaradorligini oshiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliygohlar uchun raqamli uslubiy taʼminoti yaratib beradi
Joriy yil 6-avgust kuni Prezidentimiz Oliy taʼlim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 25-avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarning raqamli uslubiy taʼminotini va masofaviy taʼlimga moslashtirilgan oʻquv dasturlarini yaratishi belgilandi.
Bundan tashqari, kamida 35 ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun oʻqish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
Markaziy bank moliyaviy savodhonligini oshirishga yo‘naltirilgan axborot-ta’lim saytni ishga tushirdi
Mazkur saytda maqolalar, o‘quv materiallar, kredit kalkulyator va boshqa imkoniyatlar muvjud.
Markaziy bank vakillari ta’kidlashicha, loyiha moliyaviy xizmatlarini tanlashda va ulardan foydalanishda kerakli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Sayt quyidagi ruknlardan iborat:
Sayt kontenti boyitish va takomillashtirilish ishlari kelgusida doimiy ravishda olib boriladi.
O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasi yaratiladi
Hozirgi kunda mazkur platformani yaratish bo‘yicha amaliy loyihalarning muhokamasi o‘tkazilmoqda.
Tashkilotchilar ta’kidlashicha, mazkur ko‘p tilli platformaning yaratilishi o‘zbek adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodini, o‘zbek badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lmish noyob durdonalarni dunyo hamjamiyatiga tanishtirish hamda targ‘ib etish uchun asos bo‘ladi. Ushbu loyiha maqsadi yurtimizda badiiy tarjima ishlarini yanada jonlantirish, bevosita o‘zbek tilidan chet tillarga mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini tarjima qilish, o‘zbek milliy adabiyoti hamda adabiyotshunoslik vakillari hayoti va samarali faoliyatini xorijiy mamlakatlarda targ‘ib etish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishdir.
Aholiga ijtimoiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ko‘rsatiladi
“Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Qaroriga muvofiq 2020-yilning 1-sentyabridan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida tasdiqlangan jadvaliga asosan joriy etiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining joriy etilishi davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirishga va kam taʼminlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etishga zamin yaratadi.
Manba: Axborot xizmati