eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    10.08.2020

    Seul shahrida birinchi “aqlli” bekat paydo bo‘ldi

    Seulning Sondon-Gu tumanida Smart Shelter nomli birinchi “aqlli” avtobus bekati o‘rnatildi. Mazkur bekat nafaqat shamol, quyosh va yomg‘irdan asraydi, hattoki viruslardan ham himoya qiladi. Yil yakuniga qadar bunday bekatlar tumanning yana eng gavjum 10 ta avtobus nuqtalarida o‘rnatiladi. Bekatning qiymati $84 mingga teng keladi. 

    Tuman ma’muriyati vakillari ta’kidlaganidek, Smart Shelter shahar aholisiga o‘ta zamonaviy xavfsiz hayotni ta’minlab beradigan ixtirodir. “Aqlli” bekat ultrafiolet sterializatsiya qiluvchi asboblar bilan jihozlanib, 99 foizgacha viruslarni yo‘q qiladi.

    Bundan tashqari, Smart Shelter teplovizor orqali tana haroratni o‘lchab, eshik avtomatik ravishda yuqori haroratga ega shaxslarni ichkariga kiritmaydi. Sun’iy intellekt tizimi esa huquqbuzarliklarni va yong‘inlarni aniqlashga yordam berib, politsiya va yong‘inga qarshi kurashish xizmatini tezkorlik bilan ogohlantiradi.

    Bekatning qo‘shimcha funksiyalari: avtobus va metroning harakatlar vaqtini ko‘rsatadigan, mobil moslamalarni zaryadka qilishni imkon yaratadigan qurilmalar, isitish o‘rindiqlari ham yo‘lovchilar uchun yanada qulaylik yaratib beradi.

     

    40 ta tilga avtomatik ravishda tarjima qilib beradigan funksiyaga ega simsiz quloqchin taqdim qilindi

    Xitoyning Timekettle startapi o‘z innovatsion ixtirosini Timekettle M2 nomli simsiz quloqchinni taqdim etdi. Mazkur ixtiro avtomatik tarzda jonli ravishda matnni 40 tilga tarjima qilish funksiyasiga ega. 

    Quloqchinlarda 3 ta rejim mavjud. Masalan, sensor rejimi bevosita сhet ellik suhbatdosh bilan gaplashishga imkon yaratadi. Boshqa rejimlar esa chet tillarga parchalarni yozishga va qulay vaqtda tarjima qilishga imkon beradi.

    Ta’kidlash kerakki, Timekettle startapi Google, Microsoft, iFlytek va boshqalar bilan hamkorlik qilib, ular tomonidan tarjimonlik sohasida olib borilayotgan ishlar natijasida ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiya va yutuqlardan foydalanmoqda.

    Timekettle M2 quloqchinlarni videotaqdimotihttps://www.youtube.com/watch?v=JdQ5VvdFWHU

     

    Toshiba noutbuklarni ishlab chiqishhi butunlay to‘xtatmoqda

    Aytish joizki, yapon korporatsiyasi noutbuklarni ishlab chiqarish bozorida birinichlardan edi.

    Kompaniya tomonidan Toshiba T1100 brendi ostida noutbuk ilk marotaba 1985 yilda ishlab chiqilgan. Ammo so‘nggi paytlarda yapon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan talab  tobora  pasayib bormoqda. Oxirgi yillarda kompaniya hattoki noutbuklarni ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi beshtalikka ham kirmagan.

    Noutbuklarni ishlab chiqarish barcha quvvatlari Sharp kompaniysiga sotildi. Mazkur kompaniya noutbuklarni Dynabook brendi ostida ishlab chiqaradi.

     

    “Yandex.Taksi”da “yo‘lovchilar reytingi” funksiyasi test sinovidan o‘tkazilmoqda

    Bugungi kunda “Yandex.Taksi”da servisida yo‘lovchilarga xaydovchi tomonidan qo‘yilgan baholarning reytingi texnologiyasi test sinovidan o‘tkazilmoqda. Mazkur funksiya hozirgacha cheklangan xaydovchilar orasida tekshirilmoqda. Mazkur xizmat Ekaterinburg shahrida yaqinda test sinovidan o‘tkazildi

    Yo‘lovchini baholash reytingi “Yandex.Taksi”  servisida joriy yilning fevral oxirida paydo bo‘lgan. Mijoz xaydovchi tomonidan qo‘yilgan baholarni oxirgi natijalari bo‘yicha kuzatish mumkin.

     

    Birinchi 6G tarmog‘i 2026 yilda ishga tushiriladi

    Janubiy Koreya hukumati 6G tarmog‘ini 2026 yilda ishga tushirish maqsadida besh yil ichida $169 mln.ga teng sarmoya kiritadi

    Oltinchi avlod mobil tarmoqlari 5G ga nisbatan 50 marotaba tezroq ishlaydi. Loyihaning tijorat yo‘liga qo‘yilishi esa 2028-2030 yillarga mo‘ljallangan.

    6G loyihasining ixtirochilari ma’lumotlarni uzatish tezligini 1 TB.\s. gacha oshirishni maqsad qilgan. Janubiy Koreya hukumati 6G tarmoqlarni yer ustida 10 km. balandlikda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 6G tarmoqlarni turli sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlash, haydovchisiz  avtomobillar va aqlli shahar yo‘nalishlarida ishlatish ko‘zda tutilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati