eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    12.08.2020

    IT-Park tomonidan aholi hayot tarzini yahshilash uchun bot ishga tushurildi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) tomonidan aholi hayot tarzini yahshilash uchun maxsus chat-botni ishga tushirdi.

    Unda foydalanuvchilar yuz bergan noqulay vaziyatlar haqida yozishlari hamda mazkur muammolarni yechish maqsadida uslublarni, aholi turmush tarzini yaxshilashga va turli sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan biznes gʻoyalarni taklif qilishlari mumkin.

    Chat-botda turli sohalar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi, jumladan:

    • Bank sohasi;
    • Qurilish sohasi;
    • Transport sohasi;
    • Geologiya, mineral manbalar sohasi;
    • Sogʻliqni saqlash sohasi;
    • Yer resurlari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri sohasi;
    • Taʼlim sohasi;
    • Qishloq xoʻjaligi sohasi;
    • Energetika sohasi.

     

    13 va 14 avgust kunlari onlayn formatda Technovation Girls xalqaro tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tadi

    13 va 14 avgust kunlari qizlar o‘rtasidagi Technovation Girls xalqaro tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir xotin-qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tadbir bo‘lib, unda O‘zbekiston 2016 yildan beri ishtirok etib kelmoqda.

    Sammit dasturida quyidagi tadbirlarni o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

    • NASA astronavti Jasmin Moghbeli va olimpiya chempioni Nat Cook’larning chiqishlari;

    • Google, LinkedIn, Transcend, HSBC, Google Dialogflow, Nuance, Autodesk, Sparkfun seminarlari;

    • mentorlar va ishtirokchilarning ota-onalari uchun seminarlar;

    • final bosqichi ishtirokchilarining taqdimotlari va eng yaxshi jamoani tanlash.

    Technovation Girls onlayn-sammiti 13-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Barcha tadbirlar ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

    Onlayn-sammitning to‘liq dasturini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin: https://www.technovation.org/blogs/technovation-world-summit-agenda-2020/

    Onlayn-sammitda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://www.eventbrite.com/e/technovations-2020-world-summit-tickets-112514684450

     

    Sogboling.Uz interfaol xizmati ishga tushirildi

    COVID-19’ni davolash doirasida yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi sogboling.uz interfaol xizmatini ishga tushirdi.

    Toshkentning COVID-19 bo‘yicha tibbiy xizmatdan foydalangan va ayni paytda foydalanayotgan barcha fuqarolaridan davolash sifati, dori-darmonlar ta’minoti, ovqatlanish va davolashning boshqa jihatlari bo‘yicha fikr bildirishlarini so‘raymiz.

    COVID-19 bo‘yicha tibbiy xizmatdan foydalangan har bir fuqaroning fikri pandemiya bilan kurashish ishlarini takomillashtirish uchun muhim. Bu mutaxassislar va tibbiyot muassasalari xodimlariga bemorlarni davolashni maksimal ravishda samarali, karantin davrini esa yanada qulay qilishga yordam beradi. 

     

    Ijtimoiy tarmoqlarda reklama berganlari uchun uchun daromad solig‘i undiriladi

    Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda reklama faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va individual tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini to‘laydi (2020 yil 1 iyulgacha olgan daromadi bo‘yicha).

    Buning uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organiga hisobot davridan kelgusi yilning 1 aprel kunigacha umumiy yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiyani topshirish kerak.

    Shu bilan birga o‘zini o‘zi band qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda professional faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar (reklama berish, SMM, ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish va hokazo) jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilinadi, va ushbu soliq umumiy daromadlar ichiga kiradi. Eng asosiy bo‘lgan talab —ular ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini joriy yil 1 iyulidan keyin boshlagan bo‘lishlari lozim.

    Mehnat stajiga ega bo‘lish uchun 2020 yil bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan (111,5 ming so‘mga teng) ijtimoiy soliqni to‘lash lozim.


    O‘zbekiston aholining 50 foizi bank plastik kartalaridan foydalanmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublikada mavjud bo‘lgan plastik kartalar infratuzilmasi to‘g‘risida videohisobotni tayyorladi. Unga ko‘ra, joriy yil 1 avgust xolatiga mamlakatimizda 15,7 mln. plastik karta foydalanuvchilari mavjud. Ulardan 11,3 mln. plastik kartalari Uzcard to‘lov tizimida, 4,4 mln.si esa esa HUMO to‘lov tizimida ro‘yxatga olingan.

    Shu bilan birga HUMO to‘lov tizimi bo‘yicha to‘lov terminallari va bankomatlarning soni ustunlik qiladi. Respublika bo‘yicha HUMO to‘lov tizimida ishlaydigan 196 461 ta terminal va 3 502 ta bankomat mavjud bo‘lsa, Uzcard to‘lov tizimida ishlaydigan to‘lov terminallarning soni 185 439 ta va o‘rnatilgan bankomatlarning soni 2 770 tani tashkil qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati