Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    14.08.2020

    Xitoyning 95 foiz foydalanuvchilari WeChat mavjud bo‘lmaganligi sababli iPhone apparatlaridan  voz kechishi mumkin

    Apple kompaniyasining App Store elektron do‘konida Xitoyda eng ko‘p foydalanilayotgan hamyonbop WeChat messenjerini bekor qilinishi kompaniyaning ushbu mamlakatdagi moliyaviy ko‘rsatqichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bloomberg kompaniyasining ta’kidlashicha, Xitoyning 95 foiz foydalanuvchilari WeChat mavjud  bo‘lmaganligi sababli iPhone apparatlaridan  voz kechishi mumkin  va boshqa brend ostidagi ishlab chiqarilgan telefonlarga o‘tib ketishga tayyor.

    Gap shundaki, WeChat Xitoyda juda mashhur va hamyonbop bo‘lib, nafaqat muloqot uchun, bundan tashqari tovarlarni xarid qilish, transport xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo operatsiyalar uchun ishlatiladi.

     

    IDC: COVID-19 pandemiya vaqtida jahon bozorida axborot xavfsizligiga talab ortmoqda

    International Data Corporation (IDC) kompaniyasi axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mahsulot va servislar yuzasidan jahon bozori bo‘yicha yangi hisobotni taqdim etdi.

    Kompaniya vakillarining  ta’kidlashicha, xodimlarning ko‘pchiligi masofaviy ishga o‘tkazilganligi bois masofaviy o‘qitish va ishlashga mo‘ljallangan platformalarga talabni yanada oshirdi. Shunga ko‘ra axborot xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha manbalarga bo‘lgan ehtiyoj yanada o‘sdi.

    Joriy yil natijalari bo‘yicha axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jami xarajatlar $125 mlrd. gacha yetib, o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga o‘sganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 2024 yilga qadar mazkur bozorning hajmi $174,7 mlrd. ni tashkil etishi mumkin.

     

    Google zilzila to‘g‘risida innovatsion ogohlantirish tizimini ishlab chiqdi

    Google korporatsiyasi Android foydalanuvchilari uchun kelayotgan zilzila to‘g‘risida ogohlantirish tizimini ishlab chiqdi.

    Kompaniya millionlab kishi tomonidan foydalanilayotgan va Android tizimi asosida harakat qilayotgan smartfonlarni seysmodatchik sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, smartfonlar hududda seysmik harakatni monitoring qilishda yordam beradi va shu bilan birga zilzilalarni dastlabki aniqlash yuzasidan jahondagi eng katta tarmog‘ini shakllantirishga imkon yaratadi.

    Server turli smartfonlardan kelib tushgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, qaysi hududda zilzila sodir  bo‘layotganligini aniqlab beradi. Seysmik harakat  to‘g‘risida ma’lumotlar keyinchalik Google qidiruv tizimlarida aks ettiriladi.

    Yangi tizim Kaliforniyada sinovdan o‘tkazilgan. Yaqin orada Google mazkur tizimni mamlakatning boshqa shtatlarida, keyinchalik esa butun jahon bo‘yicha ishlatishni rejalashtirmoqda.

    Mazkur foydali funksiyani 5.0 va undan yuqori Androd tizimida ishlaydigan smartfonlarga Google Play orqali yuklash mumkin. Datchikni Android “Sozlash” orqali Google Location Services yordamida aktivlashtirish mumkin. Mazkur funksiya elektron do‘konda bir oy muddat ichida joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

     

    Yangi robot chexol smartfonni o‘zi zaryadka joyiga yetkazib beradi

    Janubiy Koreya tadqiqotchilari telefonni mustaqil ravishda eng yaqin atrofda joylashgan zaryadka qilish uchun stansiyaga olib boradigan robotlashgan chexolni ixtiro qilishdi.

    CaseCrawler nomidagi gadjet mayda ko‘zga ko‘rinmaydigan “oyoqchalar” bilan jihozlangan. Ishlatilmagan paytda “oyoqchalar” yig‘ilib, moslamaning orqa tomoniga avtomatik ravishda  joylashadi. Chexolga o‘rnatilgan robot 300 grammgacha og‘irlikni ko‘tara oladi va 16 millimetr tepalikdagi to‘siqlardan  o‘ta oladi.

     

    E Ink kompaniyasi yig‘iladigan elektron kitobni (riderni) taqdim etdi

    E Ink Corporation kompaniyasi yig‘iladigan elektron kitobning dastlabki modelini namoyon etdi

    Uning o‘ziga xosligi an’anaviy bosma kitoblarga o‘xshash bo‘lgan ekran ochilish usulidir. Mazkur moslama qaydnoma, annotatsiya va kitoblarni belgilash uchun qo‘lda bajariladigan Wacom texnologiyasi qo‘llaniladi.

    Yig‘iladigan elektron kitobning video taqdimoti: https://youtu.be/Q3YQQQY2FZs

     

    Manba: Axborot xizmati