Google.Xaritalarda endi joylardagi manzaralarni ko‘rish ham mumkin
Google kompaniyasi o‘z “Google.Maps” elektron ilovaning yangi versiyasini namoyon etdi. Endilikda mazkur ilova yordamida nafaqat obyektining geografik joylashuvini topsa, shu bilan birga joylardagi manzaralarni ham ko‘rsa bo‘ladi. Xaritalarning masshtabini kichkinalashtirish bilan manzaralar avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Bundan tashqari ixtirochilar yaqinda shahar sharoitlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan yangi vazifani ham taqdim etadi. Mazkur vazifa yordamida shahar masshtabida kuchalarining shaklini va kengligini aniqlasa bo‘ladi. Shahar haritalari yo‘lkalar, o‘tish joyalari va gavjum bo‘lgan kuchalardagi “xavfsizlik orolchalari” to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ham boyitiladi. Birinchi navbatda mazkur funksiya London, Nyu-York hamda San-Fransisko shaharlarida ishga tushuriladi. Keyinchalik esa boshqa shaharlarda ham qo‘llaniladi.
Jahon o‘yin bozori joriy yilda musiqa va kino bozorlarning daromadlaridan uch baravar oshadi va $160 mlrd. ni tashkil etadi
COVID-19 pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiy inqirozi o‘yin industriyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi va joriy yilda yangi record ko‘rsatgichlarni namoyon etadi. Tahminlarga ko‘ra 2020 yilda jahon o‘yin bozorining hajmi $160 mlrd. ni tashkil etadi.
O‘tgan yilda jahon o‘yin bozorining hajmi $152 mlrd. ga yetib, musiqa industriyasining hajmidan 3 baravar ($57 mlrd.) va kino industriyasidan esa 3,5 baravar oshdi ($43 mlrd.). 2022 yilda esa jahon o‘yin bozorining hajmi $196 mlrd. gacha oshadi.
Qiziqarlisi, mobil o‘iynlarning hajmi ham tobora oshib bormoqda. O‘tgan yilda ularning ulushi 45% teng kelgan bo‘lsa-da, joriy yilda ushbu ko‘rsatqich 48% gacha o‘sdi.
Rossiyalik ixtirochilar 550 ming rubl (77 mln. so‘m) qyimatiga teng elektromobilni ishlab chiqarishdi
Ilk marotaba Rossiyada ishlab chiqarilgan Zetta nomli elektromobilning boshlang‘ich narxi 550 ming rublga, yoki 77 mln. so‘mga teng keladi. Elektromobilning bazaviy rusumi 10 kilovatt-soat quvvatiga teng batareya bilan jihozlanib, quvati 180 km. gacha yura oladi. Bundan tashqari, mazkur elektromobilni oddiy 220-380 Volt quvvatiga teng rozetkaga hamda transformatorga ulab quvatlasa bo‘ladi.
Hozirda Tolyatti avtomobil zavodida elektromobilning tajriba-sanoat yig‘ish sinovi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning oxirida Zetta’ni keng ommaga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Xiaomi amaliyotda ilk marotaba tiniq televizorni taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi jahonda birinchi bo‘lib Mi TV Lux Transparent Edition nomli tiniq televizorni namoyish etdi.
Diagonali 55 dyuymga teng bo‘lgan televizor 120 Gers chastotali OLED displeyi bilan jihozlangan. Mahsulotning narxi $7 mingga teng.
Foyadalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tovar bozorda katta ajiotajga ega bo‘ldi: televizorlarning birinchi partiyasi jd.com xitoylik internet do‘konida bir nechta soniya ichida tarqalib ketdi.
Yandex.Go yangi ko‘p tarmoqli ilovasi taqdim etildi
Yandex kompaniyasi o‘z ichiga turli xizmatlarni qamrab olgan (oziq-ovqat, taksi, mahsulotlarni buyurtma qilish, jo‘natmalarini yetkazib berish, karshering, transport harakati jadvali) ko‘p tarmoqli “Yandex.Go” nomli ilovasini taqdim etdi.
Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, “Yandex.Go” barcha navbatdagi vazifalarni tezda amalga oshirishga yordam beradi. Endi foydalanuvchida turli servislarni alohida ishga tushirilishi extiyoj qolmadi.
Yangi ilovani Android va iOS operatsion tizimlari uchun quyidagi havola orqali yuklash mumkin: https://go.yandex/uz_uz/
Manba: Axborot xizmati