Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    24.08.2020

    LG Xitoyning metrolarida derazalar o‘rniga tiniq Full HD displeylarini o‘rnatadi

    LG kompaniyasi Pekin va Shenchjen shaharlarining metro vagonlarida derazalarni 55 dyuymli tiniq Full HD OLED displeylar bilan almashtiradi. Ularning yordamida ekranga yo‘lovchilar uchun foydali informatsiyani ko‘rsatish mumkin. Poyezdlarning harakatlarini, metrolarning infratuzilmasi, stantsiyalarning joylashuvi, ob-havo ma’lumotlarni, yangiliklarni  berib boradi.

    Pekin va Shenchjen shaharlarida qancha vagonlar mazkur ekranlar bilan jihozlanishi hali aniq emas. Shu bilan birga, ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoning boshqa shaharlardagi metrolarga ham mazkur ixtironi joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

     

    Optik tolali aloqa orqali ma’lumotlarni uzatilishi bo‘yicha yangi record o‘rnatildi

    KDDI Research yapon instituti, London Universitet kolleji olim va muhandislari hamda Xtera kompaniyaning mutahassislari optik tolali aloqa orqali bir sekundda 178 terabitgacha ma’lumotlarni uzaytirish bo‘yicha yangi texnologiyani ixtiro qilishdi. Bugungi kunda zamonaviy tizimlar yordamida bir sekundda 35 terabitgacha ma’lumotlarni uzatishga imkon beradi.

    Mazkur texnologiya hamda Avstraliyada yaqinda foton chiplari orqali bir sekundda 44 terabitgacha ma’lumotlarni uzatishga erishilgan natijalaridan ham ustunlik qiladi.

    Mazkur texnologiyaning yana bir yutug‘laridan biri tijoriy maqsadda ishlatish uchun mazkur texnoligiyani integratsiyta qilishi oson kechadi va ko‘p xarajatlarni talab qilmaydi.

     

    Google Duo videoservisi orqali suhbatdoshning nutqini endi subtitrga aylantirish mumkin

    Google kompaniyasi o‘z Google Duo nomli videoservisida yangi funksiyani, ya’ni suhbatdoshning audioxabarini “o‘qish”ga yordam beradigan subtitrlarni joriy qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Mazkur ixtiro nafaqat kar va og‘ir eshitadigan shaxslar uchun foyda beradi, shu bilan birga ham gavjum joylarda suhbatdosh bilan muloqotda bo‘lilsh uchun qulaylik yaratadi.

    Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mazkur funksiya endigina joriy qilinmoqda va tarqatilmoqda. Yaqin orada mazkur funksiyadan hamma Duo foydalanuvchilari Android va iOS operatsion tizimlarida ishlaydigan moslamalarida qo‘llanishlari mumkin.

     

    Facebook sentyabrda butunlay shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan dizaynga o‘tadi

    Facebook ijtimoiy tarmog‘i joiry yil sentyabrda butunlay dizayning desktop versiyasiga o‘tadi. Bu haqda kompaniya o‘z foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqning “Ma‘lumotlar” sahifasida ogohlantirdi.

    Facebook asoschisi Mark Sukerberg ta’kidlashicha, mazkur qadam ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlardan to‘liqona foydalanish uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratib beradi.

     

    Netflix o‘z yangi serialini DNK tarqatuvchisida taqdim etdi

    Netflix kompaniyasi o‘z servisida “Biohakerlar” nomli yangi nemis serialini taqdim qilishda noyob yo‘lni tanladi, ya’ni kinoni DNK tarqatuvchisiga ko‘chirdi. Shunday qilib kino yaratuvchilari zamonaviy biotexnologiya va gen injeneriyaning imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishdi.

    Texnologiyalar rivojlanish borasida ma’lumotlarning hajmi tobora oshib bormoqda, va ualrni saqlash uchun yangi va ishonchli tarqatuvchilar talab etiladi, va ularning biri DNK ham bo‘lishi mumkin. Ilk marotaba mazkur texnologiya Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. O‘tgan yilda kompaniya 16 TB xajmiga teng kelgan Vikipediyani DNKga ko‘chirishdi.  Olim Robert Grass ta’kidlashicha, DNK mikroskopik kubikida 200 eksabaytgacha informatsiyani saqlash mumkin.

    Ixtironong taqdimotidan videolavhahttps://youtu.be/DMYgjOHgHxc

     

    Manba: Axborot xizmati