Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda Oracle kompaniyasi vakili ishtirokida xalqaro vebinar boʻlib oʻtdi
    17.06.2020

    Joriy yilning 17-iyun kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oracle Akademiyasi bilan hamkorlikda   xalqaro vebinar tashkil etildi.

    Vebinar Zoom platformasida tashkil etilib, unda  Oracle Akademy Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova hamda TATU professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

    Vebinarda IT yoʻnalishlari boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng soʻnggi texnologiyalar, bulutli texnologiyalardan foydalanish va Oracle Academyʻsi yangiliklari,  LMS tizimida onlayn darslar,  ulardan foydalanish va roʻyxatdan oʻtish va boshqa qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.

    Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, TATUda Oracle Akademiyasida maʼlumotlar bazalari, dasturlash texnologiyalari, Big Data texnologiyalaridan foydalanish, tarmoqlarda ishlash, maʼlumotlar bazalari xavfsizligi boʻyicha bir nechta kurslar yo‘lga qo‘yildi.

    Oracle Academy — Oracle kompaniyasining taʼlim tashabbusi boʻlib, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim yurtlari talabalariga axborot texnologiyalarini uzluksiz oʻqitish uchun barcha zarur manbalarni taqdim etishga moʻljallangan.

    Har yili Oracle Academy kurslari 35dan ziyod mamlakatlarida 120 milliondan ortiq tinglovchilar ishtirokida oʻtkaziladi.