Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax shahrida “Yosh dasturchilar” Birinchi forumi o‘tkazildi
    18.06.2020

    Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax shahar kengashi hamda mahalliy dasturlash korxonalari vakillari tomonidan hamkorlikda “Yosh dasturchilar” Birinchi forumi tashkil etildi.

    Forumda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan Jizzax shahridagi frilanserlar, dasturlashga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari tinglovchilari hamda havaskorlardan iborat 40 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Veb va mobil ilovalar, grafik dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha yosh mutaxassislarning taqdimotlari o‘tkazildi.

     Forumda doirasida ta’kidlanlanganidek, axborot texnologiyalari sohasida kelgusidagi yirik loyihalarni amalga oshirishga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkin.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bir million o‘zbek dasturchilari” (“One Million Uzbek Coders”) loyihasi bu yo‘nalishdagi eng muhim qadamdir. Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib borilmoqda.

    Unda eng mashhur to‘rtta talabgor mutaxassisliklar bo‘yicha bepul video kurslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan ma’lumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish.

    Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot texnologiyalari, dasturlash, grafik dizayn kabi yo‘nalishlarning rivojlanish tendensiyasi qiyofasida ushbu yo‘nalishlarga bo‘lgan talab va malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham oshib bormoqda.

    Forum davomida Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan IT-Park chet ellik maslahatchisi Djayaram Partxasarti, Vazirlikning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda dasturlash korxonalari mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni baholab bordilar.

    Forum yakunida “Eng yaxshi veb ilova”, “Eng yaxshi mobil ilova”, “ Eng yaxshi grafik dizayn” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Forum tashkilotchilari tomonidan g‘olib va ishtirokchilarga maxsus diplom va homiy tashkilotlarning estalik sovg‘alari taqdim etildi.

    Ushbu forum yagona IT-jamiyatni yaratish, iste’dodli yoshlarni jamlash, uchun yana bir yaxshi imkoniyat vazifasini bajardi.