Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda yangi magistratura yoʻnalishi ochildi
    25.06.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Raqamli qishloq xoʻjaligi uchun yangi va innovatsion kurslar - NICoPA” (2018-2021) loyiha asosida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” magistratura yoʻnalishi ochildi.

    Ushbu yoʻnalishning boʻlajak magistrantlari Yevropaning nufuzli universitetlari (Technical university of Berlin, Agricultural university Plovdiv, Czech university of Life sciences Prague) bilan hamkorlikda tayyorlangan oʻquv reja asosida taʻlim olishadi.

    Bunda Geoaxborot tizimlariMasofadan zondlash texnologiyalari va ilovalariSENTINEL-1-2-3 tasvirlari bilan ishlashKompyuter koʻrishiGeoportalgeoxizmatgeotahlil tizimlari uchun veb texnologiyalar, Raqamli qishloq xoʻjaligi asoslariGeoaxborot tizimlarida sunʻiy intellekt va boshqa shu kabi mutaxassislik fanlari asosida zamonaviy bilim  va koʻnikmalarga ega boʻladilar.

    Manba: Axborot xizmati