Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston yoshlari uchun Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi tashkil etilmoqda
    17.08.2020

    Joriy yil 24-28-avgust kunlari  butun O‘zbekiston yoshlari uchun Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi  tashkil  etilmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Axborot  texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi birgalikda ushbu yirik innovatsion loyihaning tashkilotchilari hisoblanadi.

    Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika hamda frilans taʼlim olishadi.

    Yana bir eʼtiborli jihati, tadbirga AKT sohasidagi eng mashhur va tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar - Angry Birds mobil o‘yini asoschisi, Google  kompaniyasi rivojlantiruvchi ekspertlari va yirik  IT loyihalar asoschilarining maʼruzalarini tinglash bilan birga, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob ham olishingiz mumkin.

    Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohida ishtirok etish uchun  23-avgust, 21:00gacha camp.digitalgeneration.uz  havolasi orqali ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganlar ushbu loyiha ko‘magida zamonaviy texnologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

     

    Manba: Axborot xizmati