Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohida nufuzli mahalliy va xorijiy mutahassislar ishtirok etishdi
    27.08.2020

    O‘zbekiston yoshlari uchun mo‘ljallangan yirik loyiha — “Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi davom etmoqda. Mazkur  tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarining zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdir.

    Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga quyidagi zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha master klass o‘tkaziladi:  veb-dasturlash va mobil dasturlashdesktop dasturlashraqamli media va marketing,  dizaynrobototexnika hamda frilans.

    Tadbirning uchinchi kunida nufuzli ekspertlar —  yurtimizning tajribali IT mutahassis va investorlaridan biri Bobir Akilhanov hamda mashhur Angry Birds o‘yini muallifi, HP Mobile E-Services Bazaar va MobileMonday kompaniyalarini asoschilaridan biri Peter Vesterbacka ishtirok etishdi.

    “O‘zbekiston 24” telekanalining ijodiy guruhi tomonidan mazkur tadbir haqida tayyorlangan lavhani Vazirlikning Youtube kanalida ko‘rishingiz mumkin.