Qorako‘l va Olot tumanlarida aholini axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish va kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ishga tushirildi.
Ushbu markazlarning ochilishi, 2 mingdan ortiq yangi tinglovchilarni qabul qilish va 1000 dan ortiq davlat xizmatchilarining malakasini oshirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli xil amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, qo‘shma loyihalar, shuningdek, Buxoro shahridagi IT-Park rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, 2020 yil oxiriga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 12 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati