Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda yana bir Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    05.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

    Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

    O‘quv markazini tashkil etish uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJ Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan bo‘lib, unda tuman yoshlarini raqamli texnologiyalar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash asoslarini o‘rgatish bo‘yicha kurslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

    Manba: Axborot xizmati