IT-Park Ucell bilan hamkorlikda startaplar uchun akseleratorni tashkil etdi
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) Ucell mobil operatori bilan hamkorlikda startaplarni amalga oshirish va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi akseleratorni tashkil etmoqda.
Akseleratorda ishtirok etish uchun arizalarni 10 oktabrgacha topshirish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://startup.ucell.uz/uz/form
Akselerator to‘g‘risida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://startup.ucell.uz/uz
2020-yilning 16-senyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 250-sonli umumtaʼlim maktabida va Olmazor tumanida joylashgan 133-sonli umumtaʼlim maktabida raqamli taʼlimni joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi taqdim etildi.
Mazkur loyiha Oʻztelekom milliy operatori va Huawei kompaniyasi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida amalga oshirildi.
Loyiha doirasida ikkita maktabda unga ajratilgan oʻquv xonalari Wi-Fi tarmogʻi bilan qoplandi, masofaviy taʼlim va real vaqtda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun videokonferens aloqa tizimlari yoʻlga qoʻyildi, axborot texnologiyalarini oʻrganishga xizmat qiladigan auditoriyalar planshetlar, bulutli xotira uchun zarur server uskunasi bilan jihozlandi. Shuningdek, Oʻzbektelekom milliy operatori bilan hamkorlikda axborot uzatish tarmogʻiga oid infratuzilma yaratildi. Har bir maktabda beshtadan oʻquv xonasi to’liq ta’mirdan chiqarildi.
Germaniya IT bozoriga chiqish imkoniyatlari haqida vebinar o‘tkaziladi
IT-Park va Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi oʻzaro hamkorlikda “Oʻzbekiston va Germaniya: IT sohasidagi hamkorlik rivojining istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtadi.
Mazkur vebinar 18-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da o‘tkaziladi. Vebinarda ishtirok etish uchun 17-sentabrgacha (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://forms.gle/FQXPFmTaTJFpWQkc7
Vebinarda IT-Park va Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi hamda Lucanet AG, Bringmeister GmbH va Code Factory DKB kabi Germaniya kompaniyalari vakillari ishtirok etishadi.
Amazon Web Services va Selectel mutaxassislari mahalliy kompaniyalar bilan bulutli texnologiyalar sohasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi
Datasite Technology kompaniyasi mahalliy kompaniyalar uchun bepul onlayn tadbirni tashkil etmoqda. Unda Amazon Web Services va Selectel mutaxassislari ham ishtirok etishadi.
Onlayn tadbir 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11.00 da ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Tadbirda bulutli texnologiyalarning afzalliklari va texnik tomonlari hamda biznes uchun yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Onlayn tadbirda ishtirok etish uchun kompaniyaning saytida ro‘yxatdan o‘tish (https://datasite.uz/events) kerak. Ikki kun ichida ishtirokingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabar keladi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yangi IT markaz ochildi
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi Yoshlar kutubxonasining qulay va zamonaviy binosida joylashgan ushbu markazda turli IT yo‘nalishlarda ta’lim olish, ya’ni kompyuter savodxonligini oshirhish, MS Office, veb dasturlash tillari, grafika va dizayn, robototexnika asoslari, mobil ilovalarni o‘rganish uchun barcha qulayliklar yaratilgan
Manba: Axborot xizmati