Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    06.10.2020

    Twitter ovozli  xabarlarni topib o‘qishga yordam beradigan funksiyani joriy qildi

    Twitter kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2021-yilga qadar uning messenjeriga audio  va videoroliklarni topib o‘qishga yordam beradigan funksiyani ixtiro qiladi

    Eslatib o‘tamiz, microbloglarni olib borishga yo‘naltirilgan servis ovozli xabarlarni yozish va jo‘natish imkonini beradigan funksiyani   ixtiro qilgan. Hozirgi kunda mazkur funksiya 140 sekundgacha uzunlikda bo‘lgan audio tvitlarni yozish va jo‘natishga imkon beradi va undan faqatgina iOS operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalarda foydalansa bo‘ladi.

    Android operatsion tizimlarda ishlaydigan mobil qurilmalarga  mo‘ljallangan  platformaning veb versiyasi faqatgina kelgusi yilda joriy qilinadi.

     

    Lenovo tomonidan ishlab chiqariladigan egiluvchan ekranga ega noutbuk $2499 narxda sotiladi

    Lenovo o‘zining birinchi marotaba ishlab chiqaradigan egiluvchan ekranga ega Thinkpad X1 Fold nomli shaxsiy kompyuterining narxini e’lon qildi. Uning narxi $2499 atrofida bo'ladi.

    Thinkpad X1 Fold noutbuk kitob misolida egiluvchan 13,3-dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi. Noutbukning ikkita tomoni zich  yopilmaydi, shuning uchun ular orasida Bluetooth texnologiyasi asosida ishlaydigan va  ushbu qurilma uchun maxsus ishlab chiqarilgan mini klaviaturani joylashtirsa bo‘ladi. Klaviatura noutbuk ichida joylashgan vaqtida uni simsiz tarmoq orqali quvvaltlash  imkoniga ega. Boshqa aksessuarlar qatorida Lenovo Mod Pen elektron qalam va Easel Stand qurilma ham qo‘shiladi.

    Noutbukda Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Bundan tashqari 5G moduliga ega noutbuk-planshetning turi ham mavjud.

    Thinkpad X1 Fold noutbuk taqdimotidan videolavhahttps://youtu.be/QARv3mp7ZDc

     

    Amazon kompaniyasi odamlarni qo‘l kafti orqali identifikatsiyalashga yordam beradigan texnologiyani ishlab chiqdi

    Amazon kompaniyasi odamlarni qo‘l kafti orqali identifikatsiyalashga yordam beradigan Amazon One nomli texnologiyani taqdim etdi. Mazkur texnologiya kompaniyaning maxsus do‘konlarida xaridlar uchun kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladi

    Amazon vakillari ta’kidlaganidek, mazkur texnologiyaning istiqboli juda keng bo‘lib, uni nafaqat chakana savdo bozorida, bundan tashqari ofis binolarda, stadionlarda ishlatsa ham bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqichida Amazon One texnologiyasi Sietl shahrida joylashgan do‘konlarda, keyinchalik esa butun savdo tarmog‘ida joriy qilinadi. 

     

    Telegram yangi foydali funksiyalarini taqdim etdi

    Telegram kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun yangi foydali funksiyalarni taqdim etdi. O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan messenjer yangi xizmatlar qatorida “izlash uchun filtrlar”, “guruhlarda anonim (maxfiy) administrator”, “kanallarda fikr-mulohazarni ko‘rish” va boshqalar ham kiradi.

    “Izlash uchun filtrlar” funksiyasi sana,fayl turini va foydalanuvchini saralab tanlash orqali tezkorlik bilan kerakli fayl va manbalarga havolalarni topishga yordam beradi.

    “Guruhdagi anonym (maxfiy) administrator” funksiyasi administratorni (guruhni boshqaradigan shaxs) boshqa a’zolar uchun ko‘rinmaydigan qilish mumkin. Barcha xabarlar guruh nomidan chop etiladi.

    “Kanallarda kommentariyalar” funksiyasi guruhda foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan fikr va mulohazalarni ko‘rishga imkon beradi.

    Bundan tashqari messenjerning yangilangan versiyasida yangi emodzilar ham qo‘shildi.

    Barcha yangiliklar bilan kompaniyaning rasmiy manbasida batafsil tanishish mumkin: https://telegram.org/blog/filters-anonymous-admins-comments/ru

     

    Xitoy va Shveysariya olimlari elektron qon tomirlarni yaratishdi

    Xitoy va Shveysariyalik olimlar jamoasi meditsina sohasida katta yutuqqa erishishdi. Ular tomonidan qon tomchilarining asosiy vazifasini bajaradigan, ya’ni butun organizmni qon bilan ta’minlab beradigan meditsina moslamasi yaratildi.

    Bundan tashqari mazkur moslama dori vositalarni kerakli miqdorda yetkazib berishga ham yordam beradi. Gen terapiyani olib borishda ham mazkur ixtirodan foydalansa bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati