Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyati Xazorasp tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    08.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish  maqsadida  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyati Xazorasp  tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

    Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining  o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

    Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazida  Xazorasp  tumanining yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslarini, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilangan.

     

    Manba: Axborot xizmati