Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    13.10.2020

    Bugun Apple kompaniya  taqdimotlarida yangi iPhone 12 namoyish qilishi  mumkin

     

    Bugun Toskent vaqti bilan soat 21.00 da Apple kompaniyasining kuzgi taqdimoti bo‘lib o‘tadi

    Aytilishicha, kompaniya o‘zining yangi iPhone 12 nomli smartfoni ya’ni mazkur smartfonning 4 ta modellarini — iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Maxlarni taqdim qiladi. Barcha modellarda 5G texnologiyasi ham qo‘llaniladi.

    Smartfonlardan tashqari Apple o‘zining HomePod Mini nomli “aqlli” musiqa moslamasini ham taqdim qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra mazkur moslama hozirgi dinamiklardan ikki barovar kichkina bo‘lib, $99 narxda sotiladi.

    Apple kompaniyasining rasmiy Youtube kanaliga havola: https://www.youtube.com/user/Apple

     

    Vivo yangi alohida ishlatiladigan selfi kameraga ega smartfonni taqdim etdi

    Vivo kompaniyasi frontal kamerani alohida ishlatishga imkon beradigan IFEA nomli yangi smartfonni taqdim etdi.  

    Frontal kamera o‘z tarkibida akkumulyatorga va smartfon bilan simsiz aloqani ta’minlab beradigan adapterga ega bo‘lib uzilgan holatda ishlashi mumkin. Kamera xohlagan rakursda video yozib olishga va katta auditoriya bilan selfi olishga imkoniyat yaratadi. Kamerani masofaviy ravishda smartfon orqali, shu bilan birga ovoz orqali boshqarsa bo‘ladi.

    Vivo IFEA bilan birga qator aksessuar va turli rejimlarda ishlashga yordam beradigan mexanizmlar ham taklif qilinadi.

     

    Kaliforniya universiteti olimlari robot sakkizoyoqni ixtiro qilishdi

    Kaliforniya universiteti (San Diego shahri) muhandislari suv osti flora va faunani tadqiqot qilishga yo‘naltirilgan xavfsiz robot sakkizoyoqni ixtiro qilishdi. Mazkur robot 3D usulidagi texnologiya yordamida yaratilgan mustahkam karkasidan hamda akril polimeridan ishlab chiqilgan

    Robot sakkizoyoqning eng yuqori tezligi soatiga 800 metrga tengdir. Ushbu ko‘rsatqich suv ostida ishlaydigan boshqa robot analoglardan ustun keladi. Robot sakkizoyoqni tarkibida ham suvdan himoya qiladigan qismi mavjud bo‘lib, unda kamera va ilmiy ma’lumotlarni yig‘ishga mo‘ljallangan uskunani o‘rnatsa bo‘ladi.

    Robot sakkizoyoqni video taqdimoti: https://youtu.be/v-UMDnSB8k0

     

    Google kompaniyasi YouTubeni savdo maydoniga aylantirmoqchi

     

    Google kompaniyasi YouTube foydalanivchilarga videohostingdan chiqmasdan bir-ikki klik orqali tovarlarni xarid qilishga yordam beradigan texnologiyani test sinovidan o‘tkazmoqda

    Mutahassislar ta’kidlashicha, Google maqsadi Youtubeni yirik interaktiv tovarlar katalogiga aylantirishdir va shu bilan elektron tijorat bozorida yetakchilik qilayotgan Amazon va Alibaba bilan kuchli raqobat qila olishdir.

     

    Disney onlayn kinoteatrni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda

    COVID-19 pandemiya davrida oddiy kinoteatrlarda emas, striming servislar orqali so‘nggi kinopreymeralarni ko‘rishni afzal ko‘radigan tomoshabinlarning soni ko‘payib bormoqda

    Kino industriyada kuzatilayotgan inqiroz sababli Disney korporatsiyasi o‘zining ikkita yirik byudjetiga ega – “Qora beva” va “Jon” nomli kinopreymeralarini qoldirdi. Katta ekranlarga chiqqan “Mulan” kinosi haligacha past moliyaviy ko‘rsatqichlarni qayd qilmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Disney yirik kompaniya boshqaruv tizimida katta o‘zgartirishlarni amalga oshirmoqchi. Unda alohida  Disney+ striming kanalini rijojlantirishga e’tibor qaratmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati