Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    15.10.2020

    IT Park Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tanlov o‘tkazmoqda

    IT Park Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda turizm sohasidagi “Tourism. The Path to Innovation” nomli startaplar tanlovini o‘tkazmoqda

    Tanlov ishtirokchilari mamlakatning turizm salohiyati va sayyohlik xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarini taqdim etadi. Keyin ulardan g‘oliblar saralab olinadi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfQJRyoz80c1-0evTrsC8hjs9ycu162UogNaJMqyTxnermHFw/viewform

     

    Toshkent shahridagi Amity Universiteti va Nano Telecom o'rtasida  hamkorlik memorandumi  imzolandi

    Memorandumning maqsadi ikki tashkilot o'rtasida hamkorlik aloqlarini o'rnatish, yangi loyihalar va hamkorlik faoliyati ustida ishlash ko'zda tutilmoqda

    Bundan tashqari, memorandum talabalar bilan tajriba va bilim almashish uchun seminarlar, amaliyotlar, biznes uchrashuvlar, va onlayn vebinarlar o'tkazish ko'zda tutilgan.

     

    Farg'ona vodiysining markaziy shaharlarida 4-kunlik xakaton bo‘lib o‘tadi

    IT Park, Yoshlar ishlari agentligi, hamda UNODC (United Nations Office on Drugs and Crime) Farg‘ona Vodiysi yosh dasturchilari uchun xakatonni tashkil qilmoqdalar

    Xakaton 16-21 noyabr kunlari AndijonNamangan va Farg'ona shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

    Xakaton davomida ishtirokchilar IT mentorlar tomonidan maslahat olishadi va o‘z jamoasi bilan birga IT yechimlarni yaratadi. Tanlov g‘oliblari noutbuklar, bepul ofis, dasturchi bilan professional shartnoma va yana bir qator sovrinlarga ega bo‘lishlari mumkin.

    Xakaton yo'nalishlari:

    - Zo'ravonlikka qarshi kurashish;

    - Korrupsiyaga qarshi kurashish;

    - Yoshlarni ish bilan ta'minlash.

    Xakatonda qatnashish uchun jamoa yig'ib (maksimum – 4 kishi), quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScT1KazTqg-fu2LUcpdHgEk5a-FJLA7Q5RilJ04cxz-1KI3Zg/viewform?usp=sf_link

     

    Regulation.gov.uz portali yangilanib test rejimida ishlamoqda

    Joriy  yil 1-oktabrdan boshlab O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi ishga tushirildi. Hozirda portal test rejimida ishlamoqda.

    Yangilangan portalning onlayn taqdimoti 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saytni modernizatsialash maqsadi – normativ hujjatlarning loyihalarini muhokama qilishda jamoatchilikka qulaylik yaratish va qonunda belgilangan tartibini ta’minlashdir. Mazkur portal yangilanish ishlari «UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» mutaxassislari tomindan amalga oshirildi.

    Joriy yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida 2 470 ta loyiha joylashtirildi. Shu bilan birga 2 380 loyihalarning muhokamalari yakunlanib, 90 ta loyiha taklif  muhokama uchun  joylangan.

     

    Vimeo kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar safiga qo‘shildi

    Butun dunyoga mashhur Vimeo videohostingi O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar safiqa qo‘shildi.

    Vimeo butun dunyoga tan olingan videohostinglaridan biri. 2004-yilda ishga tushurilib, Vimeo da asosan rejissyor va videograflar tomonidan tayyorlangan content – multfilim, film, tadbirlardan videoyozuvlar, musiqaviy kliplar, qisqa baddiy kino va turli instruksiyalar joyalashtiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati