Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Bir million dasturchi” faol ishtirokchilari uchun tanlov
    14.10.2020

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) respublika aholisining IT ga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida Bir million dasturchi (One Million Uzbek Coders) faol ishtirokchilari uchun tanlov eʼlon qildi.

    Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z shahsiy tashabbuslarni ko‘rsatib, boshqa ishtirokchilarni ragʻbatlantirishlari, platformadan foydalanishga va loyihaning telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarida oʻquv materiallarini oʻzlashtirishlarga yordam berishlari kerak. Bundan tashqari ular o‘z maqolalarni, loyiha doirasida erishgan yutug‘lari haqida materiallarni hamda IT va yangi texnologiyalari mavzuyiga oid va boshqa loyiha ishtirokchilari uchun foydali boʻlgan maqolalarning tarjimalarini yuborihslari mumkin.

    Tashabbuskorlik darajasi va tanlovda g‘alabani qo‘lga kiritish imkoniyatlari qator mezonlarga muvofiq baholanadi. Birinchidan, onlayn kanallarda faollik ko‘rsatish darajasi qiyosiy raqamli koʻrsatkichlar boʻyicha va xabarlarning sifatiga ko‘ra (axborotning foydaliligi, loyiha maqsadlariga muvofiqligi) baholanadi. Ikkinchidan, yuborilgan maqolalarning sifati – ularning dolzarbligi, noyobligi, foydaliligi hamda tilning grammatik va notiqlik normalariga muvofiqligi. Maqola o‘zbek tilida tayyorlanishi kerak.

    Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun loyihaning portalida (http://uzbekcoders.uz) ro‘yxatdan o‘tib loyihaning ishtirokchisiga aylanish va  o‘qishni boshlash kerak. Bundan tashqari, loyihaning ijtimoiy tarmoqlarigi sahifalariga obuna bo‘lish va telegram guruhlariga qo‘shilish hamda loyihaning guruhida maqolalarni chop etish ham talablardan biridir. Maqolalarni 2021 yil 12-yanvargacha chop etish kerak.

    Umumiy yosh toifadagi eng yaxshi uchta ishtirokchi 1500 dollar ekvivalent so‘m miqdorida, maktab yoshidagi eng yaxshi uchta ishtirokchi esa 500 dollar ekvivalent  so‘m miqdoridagi sovrin bilan mukofotlanadi.