Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    29.10.2020

    Toshkent shahridagi Turin va G.V. Plexanov nomidagi universitetlarning filiallarida inkubatsiya markazlari ochildi

    Toshkent shahridagi Turin universitetida va G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida IT Park koʻmagida inkubatsiya markazlari ochildi.

    Mazkur markazlarda ushbu oliy o‘quv dargohlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘z startap loyihalarni amalga oshirishga barcha imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, AKT sohasida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya dasturlari ishga tushiriladi.

     

    “Elektron poliklinika” tizimi ishga tushdi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan internet tarmog‘i orqali yagona ro‘yxatdan o‘tish va shifokor qabuliga yozilish imkoniyatini beruvchi “Elektron poliklinika” tizimi ishlab chiqilib joriy etildi

    Ushbu tizim yordamida fuqarolar o‘zlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin. Poliklinikalar uchun ushbu tizimning afzalliklari – ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish, oilaviy poliklinikalarda yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish imkoniyatini beradi.

    Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘plab oilaviy poliklinikalarga ulangan bo‘lib, butun respublika hududi bo‘ylab poliklinikalarni tizimga ulash ishlari davom ettirilmoqda.

     

    Uzcard va Mastercard birgalikda kobeidj kartalarni chiqarishi to‘g‘risida xabar qildi

    Mastercard vakillari ta’kidlashicha, kobeidj kartadan nafaqat O‘zbekiston hududida, boshqa davlatlarda ham bemalol foydalansa bo‘ladi. Mazkur karta orqali dunyoning har bir Mastercard kartalarni qabul qilayotgan joyida  xarid va xizmatlar uchun karta orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkon bor. Hozirgi kunda jahon bo‘yicha 23 mln. dan ortiq Masterkard kartalarni qabul qilayotgan shahobchalar mavjud.

     

    TBC Bank Internet banki Toshkentda test rejimida ikkita filiallarini ochdi

    Poytaxtimizning Mirzo-Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida TBC Bank Internet banki filiallari ochilgan.

    Barcha operatsiyalarni TBC Bankda masofaviy ravishda mahsus ilova orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda ilova orqali kartalarni buyrtma qilib olishga, turli xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga, HUMO tizimi ichida kartadan kartaga pul o‘tkazishga imkoniyat  mavjud. Yaqin orada qo‘shimcha xizmatlar ham qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

     

    Mahalliy startapchilar bepul onlayn kursda ishtirok etishlari mumkin

    Mahalliy startapchilar jahonga mashhur venchur jamg‘armasi Y Combinator tomonidan tashkillashtirilayotgan bepul 6-xaftalik Startup School for Future Founders kursida ishtirok etishlari mumkin.

    Kurs doirasida amaliy mashg‘ulotlar beriladi hamda loyiha ishtirokchilari o‘rtasida har xafta videochat tashkillashtiriladi.

    Kurs 9 noyabrdan boshlab ishga tushadi. Kursda ishtirok etish uchun quydagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://www.startupschool.org/future-founders