Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amity Universitetida umumiy ta’lim maktablar direktorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
    13.11.2020

    Toshkent shahridagi Amity universitetida umumiy ta’lim maktab direktorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” farmon loyihasi mazmunida suhbat olib borildi.

    Unda kelgusi yilda umumiy ta’lim maktablarida axborot texnologiya yo’nalishini rivojlantirish, o’quvchilarni salohiyatini oshirish va ilm darajalarini oshirish maqsadlari ko’zda tutilgan.

    Bunda Toshkent shahridagi Amity universiteti mutahassislari ham faol ishtirok etib, kelgusida umumiy maktablarda zamonaviy o‘quv metodikalarni joriy etishga, axborot texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi. Jumladan, umumiy ta’lim maktab o’quvchilari uchun uchrashuvlar, vebinarlar va o’zaro tadbirlar tashkillashtirishi nazarda tutulgan.