Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universitetida IT-Inkubatsiya markazi ochildi
    26.11.2020

    Bugun 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT-Inkubatsiya markazi  ochildi.

    IT-Inkubatsiya markazi  ochilishida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitetlar rektorlari, yetakchi xususiy kompaniyalar rahbarlari ham  qatnashdi.

     Inkubatsiya markazlarining uzoq muddatli maqsad va vazifalariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsion yo'nalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalar uchun loyiha faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, talabalar va tajribali mutaxassislar o'rtasidagi aloqalarni yo'lga qo'yish, yangi ish o'rinlari yaratishdan iboratdir.

    Ta'kidlash joizki, oliy ta'lim muassasalari qoshidagi inkubatsiya markazlari iqtidorli yoshlar o'rtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirish uchun zarur. Inkubatsiya markazlari o'z navbatida talabalar uchun original ilmiy-texnik g'oyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

     Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetining innovatsion ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda o'qituvchilar va iqtidorli talabalar o'zlarining innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar.