eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park dasturlash boʻyicha onlayn chempionatni o‘tkazadi
    26.11.2020

    28-noyabr kuni dasturlash boʻyicha Oʻzbekistonda onlayn chempionat start oladi.

    Mazkur tadbir Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) va Dubai Future Foundation jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi $30 mingga teng.

    Onlayn chempionat ikki bosqichdan iborat. Birinchi, saralash bosqichi 28-29-noyabr kunlari boʻlib otadi, va ushbu bosqichda barcha ishtirokchilar chempionatning final bosqichiga yoʻllanma olish uchun qator vazifalarni bajaradi. Ikkinchi, final bosqichi 5-6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa natijalari bo‘yicha jami oltita g‘oliblar aniqlanadi.

     

    Barcha ishtirokchilar ikkita kategoriyalarda kurashadi:

    • A kategoriyasi – 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar (murakkab topshiriqlar);
    • B kategoriyasi –  maktab oʻquvchilari (osonlashtirilgan topshiriqlar).

     

    Dasturlash bo‘yicha onlayn chempionatida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi maqomiga ega boʻlgan va “One Million Uzbek Coders” kurslaridan birini bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

    Saralash bosqichida ishtirok etganlar avtomatik ravishda Oʻzbekistonda o‘tkazilayotgan Dasturlash bo‘yicha Xalqaro talabalar olimpiadasining (ICPC) chorak finalida ishtirok etishlari ham mumkin.

    Dasturlash boʻyicha onlayn chempionatida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://sport-programming.uz/

     

    Manba: Axborot xizmati